Gvardiola Xoland va Messini taqqosladi

Gvardiola Xoland va Messini taqqosladi

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Yevropa chempionlar ligasi nimchorak final uchrashuvi oldidan matbuot anjumanida ishtirok etib, hujumchi Erling Xoland borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

"U "Manchester Siti" kelganidan keyin jamoa juda yaxshi moslashib oldi. Safimizda ajoyib futbolchilar bor. Ular yangi o‘yinchilarni yaxshi qabul qilishadi. Erling va boshqa futbolchilar buni darhol his qilishdi. Biz futbolchiga bosim o‘tkazmaymiz, unga "gol urishing shart", deya aytmaymiz. Biz qiladigan ishlarimizga e’tibor qaratishni so‘raymiz. Qolgani o‘z-o‘izdan keladi".

Gvardiola Erling Xoland va Lionelya Messini o‘zaro taqqosladi.

"Erling ruhiy jihatdan shu qadar kuchliki, gol urganidan keyin ikkinchisini urishni istaydi, keyin esa uchinchisini. Uning samaradorligiga ahamiyat bering. Hattoki Messi ham bu yoshda bunday natijalarga erishmagan. Aql bovar qilmaydi. Xoland qayerda o‘ynamasin, doimo ko‘p gol urmoqda. Xoland uchun xursandmiz".


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!