Gruziya hukumati: xorijiy agentlar to‘g‘risidagi qonun mamlakatning Yevropa Ittifoqiga qabul qilinishi bilan qayta ko‘rib chiqilishi mumkin

Gruziya hukumati: xorijiy agentlar to‘g‘risidagi qonun mamlakatning Yevropa Ittifoqiga qabul qilinishi bilan qayta ko‘rib chiqilishi mumkin

Hukmron “Gruziya orzusi” partiyasi raisi Irakliy Gariboshvilining aytishicha, agar mamlakat Yevropa Ittifoqiga qo‘shilsa, Gruziya hukumati xorijiy agentlar haqidagi qonunni qayta ko‘rib chiqishi mumkin.

Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirdi.

Gariboshvilining ta’kidlashicha, Yevropa Ittifoqi hozirda ittifoqni kengaytirishga tayyor emasligi aniq.

Uning ta’kidlashicha, Yevropa Ittifoqi Gruziyani o‘z a’zoligiga qabul qilishga tayyorligini bildirsa, hukumat tezda qonunni bekor qilishi, qayta ko‘rib chiqishi yoki yangisini qabul qilishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!