Google Maps rahbari O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Google Maps rahbari O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Google Maps rahbari Jen Fitspatrik O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda Qo‘qon shahri hokimligi o‘z Telegram-kanalida ma’lum qildi, deb yozmoqda Kun nashri.

Shahar ma’muriyati ma’lumotlariga ko‘ra, Fitspatrik shaharga Xalqaro xalq-amaliy san’ati festivali doirasida keladi.

Mehmon tashrifi doirasida shaharning diqqatga sazovor joylari va tarixiy yodgorliklariga tashrif buyurib, ular haqidagi ma’lumotlarning Google xaritalariga kiritilishida yordam ko‘rsatadi. 

“Bu festival mehmonlari, keyinchalik esa sayyohlarga Qo‘qonda mo‘ljalni yaxshiroq olishda yordam beradi”, deyilgan xabarda.

Fitspatrik Google’ga 1999 yilda kelgan va kompaniyaning birinchi ayol muhandislaridanֹ biri bo‘lgan. Bir nechta patentlarga ega, AdWords, News Google, Google Search Appliance kabi mahsulotlar uchun dasturiy ta’minotni yaratishga boshchilik qilgan.

2014 yilda Google’ning Geo bo‘yicha vise-prezidenti bo‘lgan, bu esa uning Google Maps va Local jamoalariga rahbarlik qilishini anglatadi. Bu xizmatlardan bugunda milliarddan ko‘proq odam foydalanadi.

Manba: zamin. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!