GM Uzbekistan 73 kunda 38 549 dona avtomobil sotdi

GM Uzbekistan 73 kunda 38 549 dona avtomobil sotdi

"O‘zavtosanoat" AJ joriy yilning 1 yanvaridan 30 iyuniga qadar 76 087 dona GM Uzbekistan AJda ishlab chiqarilgan avtomobil sotilganini ma’lum qiladi. Biroq ushbu davr mobaynida xaridorlarda avtomobilni yetkazib berish muddatlari borasida noroziliklar yuzaga keldi.

Shu munosabat bilan “O‘zavtosanoat” AJ rahbariyati ishlab chiqarish va sotish, ishlab chiqarish hajmini oshirish, savdo tizimini o‘zgartirish hamda avtomobil butlovchi qismlarini yetkazib berishdagi uzilishlarni oldini olish borasida strategiyani qayta ko‘rib chiqdi, bu esa aholi o‘rtasida eng talabgir avtomobillarga mavjud talabni qondirishni boshlash imkonini berdi.

Shunday qilib, joriy yilning 1 iyulidan 12 sentyabriga qadar 38549 avtomobil sotildi, shundan 42% avtomobil shartnomada ko‘rsatilgan muddatidan avval, 16% holatda esa 10 kungacha bo‘lgan muddatda xaridorga yetkazildi. Kompaniya xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish hamda avtomobillarning barcha modellari yetkazib berish muddatini qisqartirish yo‘nalishidagi sa’y-harakatlarni davom ettiradi.

Manba: uz24.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!