G‘ijduvon tumanida ijtimoiy tarmoq orqali sodir etilgan o‘g‘irlik fosh etildi

G‘ijduvon tumanida ijtimoiy tarmoq orqali sodir etilgan o‘g‘irlik fosh etildi

G‘ijduvon tumani «Nodirabegim» mahallasida yashovchi, 1995 yilda tug‘ilgan S.Z. ismli shaxs “OLX” onlayn savdo saytiga kirgan vaqtida, Telegram messenjeri orqali o‘zini «Dmitriy» deb tanishtirgan noma’lum shaxs unga tegishli uyali telefon qurilmasini sotib olishga va pulini plastik kartasiga “click” ilovasi orqali tashlab berishini aytib, plastik kartochkasi kodini olib, karta hisobida bo‘lgan jami 2.683.000 so‘m miqdoridagi pullarini yechib olgan.

Mazkur holat yuzasidan «Dmitriy» ismli noma’lum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, olib borilgan tezkor texnik, surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni Toshkent shahar Yashnobod tumani Qorako‘l ko‘chasida yashovchi, 2000 yilda tug‘ilgan M.R. ismli shaxs sodir qilganligi aniqlandi.

Hozirgi kunda ushbu shaxsning boshqa shu turdagi sodir etilib fosh etilmasdan qolayotgan jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash borasida dastlabki tergov harakatlari davom borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!