Germaniyadagi O‘zbekiston fuqarolariga murojaat yo‘llandi

Germaniyadagi O‘zbekiston fuqarolariga murojaat yo‘llandi

O‘zbekiston Bosh konsulxonasi ma’lumotiga ko‘ra, 2020 yil 16 mart kuni Frankfurt-Mayn shahridan (Germaniya) charter reyslarini tashkil etish uchun O‘zbekistonga qaytmoqchi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari to‘g‘risida ma’lumot to‘plash boshlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Operativ shtabi xabar berib o‘tdi.

Shu munosabat bilan Bosh konsulxona qiziqish bildirgan fuqarolardan quyidagi ma’lumotlarni botschaft@uzbekistan.de va konsulat@uzbekistan.de elektron pochta manzillariga yuborishni so‘raydi.

1. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi pasportining nusxasi.
2. Hozirda bo‘lib turgan joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
3. Uzbekistan Airways AJning Toshkent shahriga reysi uchun amaldagi aviachipta nusxasi (mavjud bo‘lsa).

Charter reysi vaqti va parvoz shartlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar qo‘shimcha ravishda ma’lum qilinadi.

Bog‘lanish ma’lumotlari:

S.Komilov - konsul, tel .: +49 (30) 394 098 – 17;
M.Azimov - birinchi kotib (turistik kompaniyalari uchun), tel .: +49 (30) 394 098 – 13;
SH.G‘ulomov - attashe, tel.: +49 (30) 394 098 – 30;
N.Mamajonov - konsul, tel.: +49 173 888 73 72;
Frankfurt-Mayndagi Uzbekistan Airways AJ vakolatxonasi, tel.: +49 172 699 34 04; +49 172 699 34 02; +49 172 699 34 01.

Eslatib o‘tamiz, koronavirus xavfi tufayli O‘zbekistonga yo‘lovchilarning kirishi va chiqishi taqiqlangan. Ammo bu taqiq xorijda bo‘lgan o‘zbekistonliklarning vatanga qaytishi yoki O‘zbekistonda bo‘lib turgan chet el fuqarolarining xorijga chiqib ketishiga taalluqli emas.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!