Gana parlamenti spikeri Kamala Xarrisning tanqidiga javob qaytardi

Gana parlamenti spikeri Kamala Xarrisning tanqidiga javob qaytardi

Gana parlamenti spikeri Alban Bagbin AQSh vise-prezidenti Kamala Xarris Gananing LGBTga qarshi qonunini tanqid qilganiga javoban Kamala Xarrisga demokratiya nima ekanligini tushuntirdi:

"Ular kechagi vise-prezident kabi savollar berishadi. Aytmoqchimanki, bunday narsalarga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Bu nodemokratiya. Demokratiya o‘zi nima? Nega kimdir menga nima yaxshi va nima yomonligini aytib turishi kerak? Biz o‘zimizni qadrsizlantirishga va tilanchilik qilishga qaror qilganimiz uchunmi? Bunaqasini eshitmagandim. Mana, bizda yetarlicha narsalar bor. Xudo har bir inson uchun yetarli darajada ko‘proq narsa yaratgan. Bizning LGBTga qarshi qonun loyihamiz qabul qilinadi", deydi spiker.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!