"G‘alaba qozonishim aniq edi": Berluskoni Italiya prezidentligi uchun kurashishdan bosh tortdi

"G‘alaba qozonishim aniq edi": Berluskoni Italiya prezidentligi uchun kurashishdan bosh tortdi

Italiyaning sobiq bosh vaziri Silvio Berluskoni mamlakat prezidentligiga nomzodini qo‘yish rejalaridan voz kechishga qaror qildi, deb xabar bermoqda Italiya televideniyesi.

“Kollektiv manfaatlar shaxsiy maqsadlardan muhimroq ekanini hech qachon unutmagan holda, men ko‘p o‘yladim, qarindoshlarim va «siyosiy» oilam rahbarlari bilan kelib tushgan taklif haqida maslahatlashdim”, dedi Berluskoni o‘zining partiyadoshlariga yo‘llagan maktubida.

«Bugun Italiyaga pandemiyaga qarshi kurashish va mamlakatni inqirozdan olib chiqish uchun birdamlik kerak», deya qo‘shimcha qildi siyosatchi.

Berluskoni maslahatlashuvlar chog‘ida u saylovda g‘alaba qozonishi mumkin degan xulosaga kelganini, ammo baribir ularda qatnashishdan bosh tortganini aytdi. U buni «birlikka muhtoj bo‘lgan mamlakatda» nifoqdan qochish istagi bilan izohladi.

Berluskonining siyosiy raqiblari so‘nggi kunlarda uning nomzodiga keskin qarshi chiqishdi. Sobiq bosh vazirning o‘zi Italiyaning prezidenti sifatida emas, balki uning manfaati uchun ishlashda davom etishini aytdi.

Berluskoni Italiya Bosh vaziri Mario Dragini COVID-19 pandemiyasi va boshqa jiddiy muammolarga qarshi kurashish uchun o‘z lavozimida qolishga chaqirdi. Avvalroq Italiya OAVlari Dragining o‘zi, ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, bosh vazir bo‘lib qolishi yoki prezidentlikka ariza berishi haqida o‘ylayotgani haqida xabar bergan edi.

Italiyada 24 yanvar kuni davlat rahbarini saylash jarayoni boshlanadi. Unda parlamentning ikkala palatasi, shuningdek, Italiya mintaqalari vakillari ishtirok etadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!