FVV ogohlantiradi: kuchli shamol vaqtida quyidagi xavfsizlik choralarini ko‘ring

FVV ogohlantiradi: kuchli shamol vaqtida quyidagi xavfsizlik choralarini ko‘ring

Favqulodda vaziyatlar vazirligi ayni paytda mamlakatimiz hududlarida kuzatilayotgan kuchli shamol paytida quyidagi ehtiyot choralariga rioya qilishimiz kerakligini eslatmoqda:

🔹yashash joylarida eshik-derazalar, chordoq va havo aylanish tizimlarini mahkam berkiting;

🔹elektr va gaz vositalarini o‘chiring;

🔹ko‘chalarda daraxt va elektr ustunlari tagida turmang;

🔹ko‘p qavatli binolar balkonlari, deraza tokchalarida turgan hamda tashqaridagi buyumlarni imkon qadar xavfsiz joylarga olib qo‘ying yoki mustahkamligini tekshiring;

🔹shamol kuchayganda, mustahkam qurilgan binolar, yer osti o‘tish yo‘llari va yashirinish mumkin bo‘lgan boshqa joylarda muhofazalaning;

🔹ochiq maydonda yurgan paytingizda pastliklar, chuqurliklar hamda xavfsiz bo‘lgan boshqa barcha yerlarga yotgan holda himoyalaning;

🔹buzilgan binolarga kirmang, xavfli ustunlar, reklama ustunlari va daraxtlar ortiga yashirinmang;

🔹kuchli shamoldan so‘ng elektr hamda gaz jihozlaridan foydalanmoqchi bo‘lsangiz, ularni avvalo yaxshilab tekshiring.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!