Futbol: «Beshiktosh» prezidenti va futbolchilarida koronavirus aniqlandi

A A A
Futbol: «Beshiktosh» prezidenti va futbolchilarida koronavirus aniqlandi

Turkiyaning «Beshiktosh» klubi prezidenti Ahmet Nur Chebi koronavirusga yo‘liqdi. Bu haqda istanbulliklar rasmiy saytida ma’lum qilindi.

«Beshiktosh» klubida barcha futbolchilar, xodimlar va rahbariyat vakillari qaytadan testdan o‘tgan. Natijalar klubning sakkiz nafar vakili COVID-19 infeksiyasini yuqtirib olganini ko‘rsatdi. Klub ularning ismini oshkor qilmagan. Hozirda kasallanganlar davolanishga yuborilgan.

Keyinroq «Beshiktosh» klubning 61 yoshli prezidentida ham koronavirus aniqlanganini ma’lum qildi.

Turkiya chempionati pandemiya sabab mart oyida to‘xtatilgandi. Mavsum 12 iyundan qayta tiklanishi reja qilingan.

Turkiyada 15 may holatiga koronavirus yuqtirib olganlar soni 145 mingga yaqinlashdi. 104 mingdan ortiq kishi tuzalishga erishgan, 4 mingdan ziyod odam qurbon bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!