Fuqarolarni Janubiy Koreya, Angliya va Yaponiya davlatlariga ishga jo‘natishni va’da qilgan shaxslar ushlandi

Fuqarolarni Janubiy Koreya, Angliya va Yaponiya davlatlariga ishga jo‘natishni va’da qilgan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Jizzax viloyati boshqarmalari tomonidan muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan M.N. fuqarolar G.A. va K.O‘.ning ishonchiga kirib, ularni go‘yoki Migrasiya xizmatida ishlovchi tanishlari yordamida Koreya Respublikasiga ishga jo‘natish evaziga 6 400 AQSh dollarini olgan vaqtida ushlangan.

Departament hamda DXXning Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘limlari tomonidan esa fuqarolar A.SH. va K.N. fuqaro E.X.ning ishonchiga kirib, uni go‘yoki Migrasiya xizmatida ishlovchi tanishlari yordamida Angliyaga ishga jo‘natish va hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga 1 000 AQSh dollarini olgan vaqtlarida ushlangan.

Departamentning Marg‘ilon shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro M.A. fuqarolar I.A. va U.I.ning ishonchiga kirib, ularni Yaponiya yoki Koreya Respublikasiga ishga jo‘natish evaziga jami 4 850 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani aniqlanib, ushbu pullar hisobidan 400 AQSh dollarini qaytargani prosessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!