Fransiyaning sobiq prezidenti Nikolya Sarkozi bir yillik qamoq jazosiga hukm qilindi

Fransiyaning sobiq prezidenti Nikolya Sarkozi bir yillik qamoq jazosiga hukm qilindi

Parij apellyasiya sudi telefon tinglash ishi bo‘yicha qaror chiqardi. Ammo u jazoni qamoqda emas, uyda o‘taydi. Sarkoziga elektron bilaguzuk kiyiladi, deb xabar berdi BFMTV.

2014 yilda Sarkozi o‘z advokati orqali Kassasiya sudi xodimiga Monako knyazligida lavozim olishda yordam berishga va’da bergan edi.

Buning evaziga sobiq prezident prezidentlik saylovi kampaniyasini noqonuniy moliyalashtirish bo‘yicha tergovning borishi haqida ma’lumot berishni talab qildi.

Nikolya Sarkozi real muddatga hukm qilingan birinchi Fransiya prezidenti bo‘ldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!