Fransiyada ikkita samolyot to‘qnashishi oqibatida besh kishi halok bo‘ldi

Fransiyada ikkita samolyot to‘qnashishi oqibatida besh kishi halok bo‘ldi

Fransiyada ikki yengil samolyot to‘qnashuvi natijasida besh kishi halok bo‘ldi.

Ushbu mudhish hodisa Losh shahrida bo‘ldi, to‘qnashuvdan so‘ng samolyotlardan biri shahar markazidan bir necha kilometr uzoqlikda joylashgan turar-joy binosining to‘sig‘iga urilib, portlashi natijasida ikki kishi halok bo‘ldi.

Ikkinchi samolyot esa birinchisiga qaraganda yuz metr uzoqlikda qulagan va ushbu samolyotdan qutqaruvchilar yana uchta jasadni topishgan.

Ma’lum bo‘lishicha, voqea joyiga hozirda jami 50 ga yaqin o‘t o‘chiruvchi va 30 nafar polisiyachi jalb qilingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!