Ford ish o‘rinlarini qisqartirmoqchi

A A A
Ford  ish o‘rinlarini qisqartirmoqchi

Ford ijrochi direktori Jim Farli bir necha oydan beri kompaniyada juda ko‘p odam faoliyat yuritishi, avtosanoat elektr transport vositalari va raqamli xizmatlarga o‘tayotganda xodimlar yetarli zarur ko‘nikmalarga ega emasligini aytib kelmoqda.

“Biz ish o‘rinlarini bekor qilmoqdamiz va butun biznesda funksiyalarni qayta tashkil etyapmiz va soddalashtirmoqdamiz. Shu hafta oxirida o‘zingizning biznes rahbarlaringizdan bu haqda ko‘proq ma’lumot olishingiz mumkin”, — deb yozgan Farli va Ford raisi Bill Ford birgalikda xodimlarga yuborgan elektron pochta xabarida.

Farli va Ford xodimlarga kompaniyaning xarajatlar tarkibi “yangi raqobatchilar bilan solishtirganda raqobatbardosh emas” ekanligini aytgan. Aynan qaysi lavozimlar qisqartirilayotgani hozircha aniq emas.

Ford prognozlariga ko‘ra, 2030 yilga borib AQShdagi savdoning 40-50 foizini elektrmobillar tashkil etadi. Hozirda Amerika yo‘llarida harakatlanayotgan avtomobillarning atigi bir foizga yaqini elektr energiyasi bilan ishlaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!