Forbes Uzbekistan’ning bosh muharriri kim bo‘lishi aniq bo‘ldi

Forbes Uzbekistan’ning bosh muharriri kim bo‘lishi aniq bo‘ldi

O‘zbekistonda Forbes jurnali tahririyati ish boshlashi haqida xabar berilgan edi.

Yangi jurnal tahririyati binosi Toshkent shahrida bo‘ladi. Mushtariylarga nashrning bosma va sayt ko‘rinishidagi versiyasi taqdim etiladi. Jurnal hozircha faqat rus tilida, sayt esa rus va o‘zbek tillarida bo‘ladi.

«Forbes.kz»ning xabar berishicha, nashrning O‘zbekistondagi tahririyatini Anastasiya Novikova boshqaradi. U bir vaqtning o‘zida jurnal va sayt bosh muharriri hisoblanadi.

«Biz uchun o‘quvchilarimizga sifatli maqolalar taqdim etish juda muhim. Biz har doim berilayotgan materiallarimiz darajasiga e’tibor bilan yondoshamiz. Shuning uchun biz hozir O‘zbekiston aholisi uchun qiziq bo‘ladigan mavzular tanlash ustida ishlamoqdamiz.

Forbes Uzbekistan’ning birinchi bosh muharriri Anastasiya Novikova bo‘lishini e’lon qilishdan mamnunman. Anastasiya ‘Forbes.kz’ni yangi darajaga olib chiqqan inson. Uning yangi loyiha ustida ishlashga ham vaqt topa olayotganidan xursandman. U bir paytning o‘zida ham sayt, ham jurnalni boshqaradi. O‘ylaymanki, Anastasiya o‘ziga yuklatilgan vazifani uddalay oladi» — deydi Forbes Uzbekistan muassisi Armanjon Baytasov.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!