Filippinda «Mangxut» tayfuni oqibatida 60 dan ortiq odam halok bo‘ldi

Filippinda «Mangxut» tayfuni oqibatida 60 dan ortiq odam halok bo‘ldi

Filippinda «Mangxut» tayfuni oqibatida halok bo‘lganlar soni 64 kishiga yetdi, deya xabar bermoqda Meduza. Associated Press’ning qo‘shimcha qilishicha, yana 45 kishi bedarak yo‘qolgan, deb gumon qilinyapti.

Tayfun 16 sentyabr kuni Xitoyning materik qismiga yetib bordi. Mamlakatning Guandun viloyatida salkam 2,5 million aholi evakuasiya qilingan. Gonkong aeroportidan esa deyarli barcha reyslar bekor qilingan.

Bundan tashqari, tezyurar temiryo‘l magistrallarida ham harakat vaqtincha to‘xtatib qo‘yilgan, maktablardagi o‘quv mashg‘ulotlari esa qoldirilgan.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!