Farg‘onada yosh yigitlar 31 yoshli ayolga tajovuz qildi

Farg‘onada yosh yigitlar 31 yoshli ayolga tajovuz qildi

Farg‘ona viloyati. 2021 yilning 09 may kuni soat 00:20 larda 31 yoshli Q.Gulasal  Farg‘ona shahri Sarxad ko‘chasida joylashgan yashash xonadoniga Bozorboshi ko‘chasi bo‘ylab kelayotgan vaqtida uning orqasidan ikki nafar noma’lum shaxslar kelib, hayoti va sog‘lig‘i uchun xavfli bo‘lmagan zo‘rlik ishlatib, qo‘lidagi narxi 800 000 so‘mlik “Samsung J 2” rusumli telefon apparati, ichida jami 377 000 so‘m pullari va fuqarolik pasporti bo‘lgan sumkasini talonchilik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, hodisa joyidan yashiringanlar.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni Oltiariq tumanida yashovchi 18 yoshli M.Abbos va 19 yoshli R.Jamoliddinlar sodir etganliklari aniqlanib, ulardan Q.Gulasalning fuqarolik pasporti ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan M.Abbos va R.Jamoliddinlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi (talonchilik) va 227-moddasi (Hujjatlarni egallash, nobud qilish, ularga shikast yetkazish yoki ularni yashirish)bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, prosessual tartibda ushlanganlar.

Hozirda tergov davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!