Farg‘onada yana bir noxush YTH yuz berdi (+foto)

Farg‘onada yana bir noxush YTH yuz berdi (+foto)

Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanida 13 iyul kuni fuqaro E.F. bilan noxush YTH sodir bo‘ldi.

Farg‘onada yana bir noxush YTH yuz berdi (+foto)

Fuqaro E.F. o‘zining boshqaruvidagi “Nexia” rusumli avtomashinasida «Sho‘rsuv» mahallasidan ketayotib, qarama-qarshi harakatlanib kelayotgan M.A. boshqaruvidagi “SHACMAN” rusumli yuk avtomashinasiga uriladi. Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmatining ma’lum qilishicha, oqibatda “Nexia” haydovchisi E.F. tan jarohati olib, hodisa joyida vafot etgan.

Farg‘onada yana bir noxush YTH yuz berdi (+foto)

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Farg‘onada yana bir noxush YTH yuz berdi (+foto)

«Hurmatli haydovchilar! Yo‘l harakati qoidalariga amal qiling. Yo‘l harakati qoidalariga amal qilmaslik orqali o‘zingiz va boshqalar sog‘lig‘iga shikast yetkazishingiz mumkinligini esdan chiqarmang» - deyiladi IIV xabarida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!