Farg‘onada jinoiy guruh erkakni o‘ldirib, “Janubiy Farg‘ona kanali”ga tashladi. Buyurtmachi — marhumning xotini

Farg‘onada jinoiy guruh erkakni o‘ldirib,  “Janubiy Farg‘ona kanali”ga tashladi. Buyurtmachi — marhumning xotini

G.Aliyeva (ismi-sharifi o‘zgartirilgan) turmush o‘rtog‘i D.Aliyev uyga muntazam ravishda spirtli ichimlik iste’mol qilib kelgan holda uni haqoratlab, janjallashib kelganligi sababli tanishlari M.Damirov va G.Ballayevga turmush o‘rtog‘i D.Aliyevni urib-do‘pposlash haqida bergan ko‘rsatmasiga asosan G.Ballayev xavfli residivist bo‘lgani holda, M.Damirov bilan oldindan jinoiy til biriktirib, bir guruh shaxslar bo‘lishib, 2015 yil 15 oktyabr tungi soat 22.30 larda Farg‘ona shahar, Quva ko‘chasida D.Aliyev tanasining turli qismlariga qo‘l va oyoqlari bilan urishib, jabrlanuvchi D.Aliyevga tegishli bo‘lgan 240.000 so‘mlik uyali aloqa apparatini ochikdan-ochiq talon-toroj qilishib, hodisa joyidan yashirinishgan. Bu haqda Farg‘ona viloyat sudining sudyasi Nodirjon Raimqulov "Aniq.uz"ga ma’lum qildi.

Shundan so‘ng, G.Aliyeva turmush o‘rtog‘i D.Aliyev janjallashishni davom ettirayotganligi sababli uni qasddan o‘ldirish jinoiy rejasini tuzib, uni amalga oshirish maqsadida tanishlari L.Damirov va M.Damirov hamda G.Ballayevlarni yollagan holda ular bilan oldindan jinoiy til biriktirib, bir guruh shaxslar bo‘lishib, turmush o‘rtog‘i D.Aliyevni qasddan o‘ldirish evaziga ularni 3.000.000 so‘m mikdordagi pul mablag‘larini berish bilan qiziqtirib, jinoyat sodir etishga jalb qilgan.

Tuzilgan jinoiy rejaga asosan G.Aliyeva jinoiy sheriklari G.Ballayev hamda L.Damirov va M.Damirovlar bilan Farg‘ona shahri, A.Yassaviy ko‘chasida joylashgan “Farmuz” to‘yxonasi yonida uchrashib, turmush o‘rtog‘i D.Aliyevning uyda yolg‘iz o‘zi ekanligi haqida ma’lum qilib, oldindan kelishilgan pul mablag‘laridan 1.000.000 so‘mini jinoyatni sodir etishda foydalaniladigan vositalarni sotib olish uchun bergan.

So‘ngra, jinoiy guruh a’zolari M.Damirov, L.Damirov va G.Ballayevlar Farg‘ona shahri, L.Tolstoy ko‘chasida joylashgan “Xurshid” nomli do‘kondan 2 dona skotch lentasini sotib olishib, soat 23.30 larda D.Aliyev yashab kelgan Farg‘ona shahar, A.Farg‘oniy ko‘chasi 85-uyga eshikning ochiqligidan foydalanib kirishgan va yotoqxonada mast holatda uxlayotganligi sababli ularga faol qarshilik ko‘rsatishga qodir bo‘lmagan D.Aliyevning ojiz ahvolda ekanligidan foydalanishib, M.Damirov va G.Ballayevlar uning oyoq-qo‘llaridan ushlab turishgan, L.Damirov esa dastlab og‘iz qismini, so‘ngra qo‘l va oyoqlarini skotch leptasi bilan o‘rab, D.Aliyev tanasining turli qismlariga qo‘l va oyoqlari bilan urishganligi oqibatida u hushini yo‘qotgan.

Birozdan so‘ng, jabrlanuvchi D.Aliyev hushiga kelganligi sababli M.Damirov, L.Damirov va G.Ballayevlar uni qasddan o‘ldirishga qaratilgan jinoiy rejalarini oxiriga qadar yetkazish maqsadida tanasining turli qismlariga qo‘l va oyoqlari bilan urishni davom ettirishib, og‘ziga futbolkasini tiqib, bo‘yin qismidan bo‘g‘ib, nafas yo‘llarini berkitishgan va natijada D.Aliyev hodisa joyida vafot etgan.

Shundan so‘ng, G.Ballayev xavfli residivist bo‘lgani holda, jinoiy harakatlarini davom ettirib, M.Damirov va L.Damirovlar bilan bir gurux bo‘lganlari holda, jabrlanuvchi D.Aliyev shimining cho‘ntagidan qo‘l telefonini yashirin ravishda talon-toroj qilishgan hamda sodir etgan jinoyatlarini yashirish maqsadida D.Aliyevning murdasini yo‘lovchi avtomashinasida Quva tumani, “Shreyder” qishlog‘iga olib borishib, ushbu hududdan oqib o‘tuvchi “Janubiy Farg‘ona kanali”ga tashlab yuborishgan.

Jinoyatchilarning bu harakatlari sud tomonidan ko‘rib chiqilib, G.Ballayevga 20 yil, M.Damirovga 18 yil, L.Damirovga 17 yil hamda G.Aliyevaga 13 yil ozodliqdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!