Farg‘onada jarima maydonchasidan motosikl o‘g‘irlandi

Farg‘onada jarima maydonchasidan motosikl o‘g‘irlandi

Xabarda aytilishicha O‘zbekiston tumanining Jangir qishlog‘ida joylashgan jarimalar maydonchasidan soat ertalabki 4.00 da  S.J. ismli fuqaro Q.A.ga tegishli bo‘lgan davlat raqamsiz “Yava” rusumli motosiklni olib qochgan. U motosiklni Qo‘qon–Yaypan yo‘lida yetaklab borayotgan vaqtida, ushbu hududda xizmat olib borayotgan O‘zbekiston tumani IIB XPB profilaktika inspektorlari tomonidan to‘xtatilgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan (transport vositasini olib qochish) jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, aybdorga nisbatan sud tomonidan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Eslatib o‘tamiz, Jinoyat kodeksining 267-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!