Facebook'da “Hizbut-taxrir” g‘oyalarini targ‘ib qilib kelgan "Qori aka" qo‘lga olindi
Hammaga ma’lumki, islom dinimizda imom, qorilar va boshqlar doimo hurmat-ehtiromda bo‘lishadi, ularning ortidan odamlar din amallarini bajarishga intiladi, din vakillari birinchi navbatda insonlarni to‘g‘ri yo‘lga yo‘naltirib, diniy ilmni berib, yaxshilikni yomondan ajratishni nasihat qilishadi, o‘zlari xammaga o‘rnak bo‘lishadi.
Ammo afsuski, achchiq bo‘lsa-da, ayrim kimsalar diniy ma’lumotga ega bo‘lmay, biron bir diniy tashkilotga umuman aloqasi yo‘qligini ongli ravishda bilsalar-da, o‘zini din peshvosi deb atab, keng ommaga o‘zini “qori” man deb tanishtirib, har-hil taqiqlangan materiallarni targ‘ib kelayotganligi holatlari ham uchrab turmoqda...
Ish hujjatlariga qaraganida, A.Mamatkulov (barcha ism-famiyalar o‘zgartirirlgan) 2020 yildan boshlab, o‘ziga tegishli uyali aloqa vositasi orqali Internet jahon axborot tarmog‘ining “Facebook” ijtimoiy tarmoqlarida “Qori aka” nomli profillar yaratib, “Hizbut-taxrir” diniy ekstremistik tashkilotining atributlari va ramziy belgilarini namoyish etish maqsadida uyali telefon apparatida saqlab kelib, “Facebook” ijtimoiy tarmog‘idagi o‘z profiliga joylashtirgan.
Biroq, A.Mamatkulovning bu kabi noqonuniy qilmishi fosh bo‘lib, ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olinadi.
Ish yuzasidan o‘tkazilgan sudga oid dinshunoslik ekspertizasining xulosasida, A.Mamatkulovga tegishli bo‘lgan uyali telefon apparatlaridagi diniy materiallar orasida “Hizbut-taxrir” diniy ekstremistik tashkilotining ramzi aks etgan saxnalar bo‘lib, ekstremistik va terroristik tashkilotlarning atributlari yoxud ramziy belgilarini tayyorlash, tarqatish va namoyish etish taqiqlanganligi ko‘rsatib o‘tilgan.
Sud, mazkur jinoyat ishini ko‘rib chiqib, A.Mamatkulovga O‘zbekiston Respublikasi JK 2441-moddasi 3-qismining “g” bandi bilan 5 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.
Halol yashashga va tinchlikni sevadigan odam qing‘ir ishlarga hech qachon qo‘l urmaydi, shunday ekan, nojo‘ya qilmishga qo‘l urib, so‘ngida pushaymon bo‘lgandan ko‘ra, qing‘irliklarni chetlab yurish ming karra afzal emasmi?
Baxtiyor Mamadaminov,
Sirdaryo viloyat sudining
jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi