Evropaning uchta davlatida Turkiya fuqarolari va turk mavzelariga hujumlar sodir etildi

Evropaning uchta davlatida Turkiya fuqarolari va turk mavzelariga hujumlar sodir etildi

Evropaning qator mamlakatlarida Kurdiston ishchilar partiyasi (PKK) tarafdorlari tomonidan Turkiya fuqarolari hamda turk mavzelar, masjid va boshqa muassasalari, mol-mulklariga hujumlar sodir etilmoqda.

Xususan, Belgiyada PKK terror tashkiloti tarafdorlari bir vaqtning o‘zida bir necha hududda turk mavzelariga bosqin uyushtirib, masjid, madaniyat markazi va boshqa muassasalarni vayron qildi va o‘t qo‘ydi, mashinalarga zarar yetkazdi, turk fuqarolariga hujum qildi (video).

Turkiya Tashqi ishlar vazirligining 26 mart, seshanba kuni bergan bayonotida hodisalar natijasida qurbonlar bo‘lmagani, ba’zi turk fuqarolari tan jarohati olgani aytildi. Turkiyaning Belgiyadagi diplomatik missiyasi vakillari hujumlar sodir etilgan hududlarda yashovchi turk fuqarolari bilan uchrashdi.

“Belgiyadagi xalqimizning sog‘lom aqli va Belgiya polisiyasining samarali aralashuvi tufayli voqealar avj olishining oldi olindi. Mahalliy hukumat hujumchilar ustidan tergov boshladi. Voqealar barcha darajalarda kuzatilmoqda”, - deyiladi bayonotda.

Shuningdek, 27 martga o‘tar kechasi 12 nafar PKK a’zosi Germaniyaning Gannover shahrida yurish uyushtirdi. Aksiya vaqtida ishtirokchilar Turkiyaning ushbu shahardagi Bosh konsulxonasiga hujum uyushtirib, qattiq jismlar bilan bino oynalarini sindirib, yashiringan.

PKK tarafdorlari Parijdagi Sharl de Goll aeroportida ham tartibsizlikni keltirib chiqardi. Bunga terroristik tashkilot a’zosi Firaz Korkmazning Turkiyaga ekstradisiya qilinishi sabab bo‘lgan. Hodisada uch kishi jarohat olgan, aeroport ham zarar ko‘rgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!