Evropada koronavirusning eng yuqori darajasidan o‘tilmagan davlatlar qaysilar? 

Evropada koronavirusning eng yuqori darajasidan o‘tilmagan davlatlar qaysilar? 

Evropa ittifoqining koronavirus epidemiyasining eng yuqori darajasidan hali o‘tilmagan 5 ta davlati ma’lum qilindi. Bu haqda Yevropaning kasalliklar oldini olish va nazorati markaziga tayanib Reuters axborot agentligi xabar berdi.  

Markaz direktori Andrea Ammonning ta’kidlashicha, Bolgariyada hamon koronavirusga chalinish holatlari ko‘payayotgani qayd etilmoqda. Shuningdek, markaz Britaniya, Polsha, Ruminiya va Shvesiyada ham oxirgi 14 kun ichida sezilarli o‘zgarishlar bo‘layotganini ko‘rmagan.

Shu bilan birga, Yevropaning boshqa davlatlarida kasallanish holatlari kamayayotgani kuzatilmoqda.

“2 may holatiga ko‘ra, Yevropada koronavirus yuqishining boshlang‘ich to‘lqini o‘zining cho‘qqisidan o‘tdi”, deb aytgan Ammon.

Avvalroq Ispaniyada karantin yumshatilib, odamlar sayrga chiqa boshlagandi. Mamlakatda turli yoshdagilar uchun sayr soatlari taqsimlab berildi. Misol uchun, kattalarga soat 6dan 10gacha va 20dan 23gacha sayr qilishga ruxsat berilgan.

Shuningdek, Italiyada 4,5 mln kishi o‘z ishiga qaytayotgani ma’lum qilindi. Mutaxassislarning fikricha, karantin choralari yengillashtirilishi italiyaliklarning virus bilan birga yashay olishlariga jiddiy tekshiruv bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!