Evropa Ittifoqidan Rossiyaga tovarlar eksporti bir oy ichida 18 foizga oshdi

Evropa Ittifoqidan Rossiyaga tovarlar eksporti bir oy ichida 18 foizga oshdi

Iyun oyida YEI davlatlari Rossiyaga mahsulot eksportini 4,45 milliard yevrogacha oshirdi, bu may oyiga (3,78 milliard yevro) nisbatan 18 foizga ko‘pdir. Parfyumeriya va kosmetika mahsulotlari eksporti eng ko‘p o‘sdi (38 foizga, 234 million yevroga), shuningdek, tibbiy asboblar (optik, o‘lchash, nazorat qilish) 38 foizga oshib, 286 million yevroga yetdi, deb yozadi RBK Evrostat ma’lumotlariga tayanib.

Plastmassa buyumlar eksporti ham 16 foizga o‘sib, 234 million yevroni, elektr jihozlari va butlovchi buyumlar eksporti esa 7 foizga o‘sib, 187 million yevroni tashkil qildi.

Evropa Ittifoqi mamlakatlari orasida Rossiyada tovarlarning eng yirik eksportchisi Germaniyadir (iyun oyida 1,16 milliard yevro, may oyiga nisbatan +5,4%). Ikkinchi o‘rinni Italiya (523 million yevro, may oyiga nisbatan +2,9%) egallagan. Boltiqbo‘yi mamlakatlari eksporti iyun oyida may oyiga nisbatan 34 foizga oshib, 481 million yevroni tashkil qildi.

Evropa davlatlaridan Rossiyaga eksportning eng kichik hajmi (2,78 milliard yevro) qayd etilgan aprel oyidan tiklanib, ketma-ket ikkinchi oy o‘sib bormoqda. Biroq, u hali ham 2021 darajasidan ancha past. O‘tgan yilning iyun oyida YEI jami 7,21 milliard yevrolik mahsulot eksport qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!