Evropa Ittifoqi tomonidan tahdidlar va shantaj Vengriyani to‘xtatmaydi

Evropa Ittifoqi tomonidan tahdidlar va shantaj Vengriyani to‘xtatmaydi

Vengriya tashqi ishlar va tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri Peter Siyyarto Yevropa Ittifoqi rahbariyatining Budapesht bilan muzokaralardan bosh tortishi va boykot tahdidi uni Ukrainadagi mojaroni hal qilish bo‘yicha tinchlik missiyasini to‘xtatishga majbur qilmasligini aytdi.

Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Diplomatning so‘zlariga ko‘ra, bunday hujumlar Vengriyani Ukraina inqirozini tinch yo‘l bilan hal qilishga yordam berish uchun ko‘proq harakat qilishga undaydi.

Shu bilan birga, Siyyarto bosh vazir Viktor Orban ma’muriyati bunday hujumlarga allaqachon ko‘nikib qolganini ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!