Ertaga O‘zbekistonda harorat 40 darajaga ko‘tarilmaydi - O‘zgidromet

Ertaga O‘zbekistonda harorat 40 darajaga ko‘tarilmaydi - O‘zgidromet

Ertaga, 10 iyul kuni O‘zbekistonda harorat tushib, havo bulutli bo‘lishi kutilmoqda. Gidrometeorologiya xizmati markazi ertaga, 10 iyul kuni O‘zbekistonda kuzatiladigan ob-havo haqida ma’lumot berdi.

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 23-25°, kunduzi 34-36° bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ba’zi joylarda changli bo‘ron bilan 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 18-23°, kunduzi 28-33° bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ba’zi joylarda changli bo‘ron bilan 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 32-37° bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ba’zi joylarda changli bo‘ron bilan 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 32-37° bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ba’zi joylarda changli bo‘ron bilan 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 22-27°, kunduzi 35-40° bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ba’zi joylarda changli bo‘ron bilan 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 22-27°, kunduzi 33-38° bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ba’zida 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 16-21°, kunduzi 21-26° bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!