Eronda aviahalokat ishi bo‘yicha bir nechta kishi hibsga olindi

Eronda aviahalokat ishi bo‘yicha bir nechta kishi hibsga olindi

Eronda samolyot urib tushirilishi ishi bo‘yicha bir necha kishi hibsga olindi, deb ma’lum qildi mamlakat sud hokimiyati vakili G‘ulomhusayn Emoili. RIA Novosti xabariga asosan. 

Sud vakili boshqa tavsilotlarini ma’lum qilmadi.

Kiyevga parvozni amalga oshirayotgan "Ukraina xalqaro avialiniyalari"ga qarashli Boeing-737-800 layneri chorshanba kuni tong sahar Tehron aeroportidan uchib chiqqach, tez orada halokatga uchragan. Bortdagi 176 yo‘lovchining barchasi halok bo‘lgan: Eron, Ukraina, Kanada, Germaniya, Shvesiya va Afg‘onistondan 167 yo‘lovchi va to‘qqiz ekipaj a’zosi.

Shanba kuni Eron harbiylari "Ukraina xalqaro avialiniyalari" yo‘lovchi samolyoti "inson xatosi" tufayli tasodifan urib tushirilganligini ma’lum qildi. Boeing xatolik tufayli dushman samolyoti sifatida qabul qilingan, negaki, u muhim harbiy ob’ekt yaqinidan uchib o‘tayotan bo‘lgan.

Ushbu hodisa Iroqdagi amerika bazalariga berilgan raketa zarbalariga AQShning ehtimoliy javobi bilan bog‘liq bo‘lgan "kuchaytirilgan jangovar tayyorgarlik shart-sharoitlarda" yuz berganligini ta’kidlab o‘tilgan.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Tehrondan aybni to‘liq tan olishini, aybdorlar jazolanishi va kompensasiya to‘lanishini kutishini aytdi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!