Eron rahbari Pokistonga yetib bordi

Eron rahbari Pokistonga yetib bordi

Eron prezidenti Ibrohim Raisiy muzokara olib borish uchun Pokistonga keldi. Bu haqda Arab News nashri xabar berdi.

Manbada aytilishicha, safardan maqsad Yaqin Sharqda vaziyat keskinlashib borayotgan bir paytda ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan. Shuningdek, mamlakatlar o‘rtasidagi harbiy to‘qnashuvlar yuzasidan kelishuvga erishish ham uchrashuvlar dasturidan o‘rin olgan.

Eron prezidenti Pokiston poytaxtiga turmush o‘rtog‘i, vazirlar mahkamasi a’zolaridan iborat oliy darajali delegasiya va ishbilarmonlar jamoasi bilan kelgan. Uni Islomobod aeroportida Pokistonning uy-joy va qurilish federal vaziri Mian Riaz Husayn Pirzoda va Pokistonning Erondagi elchisi Mudassir Tipu kutib olgan.

Bosh vazir Shahboz Sharif va Eron prezidenti Ibrohim Raisi Bosh qarorgohida rasman uchrashadi. Pokiston va Eron o‘rtasida delegasiyalar darajasidagi muzokaralar raundi ham bo‘lib o‘tadi, — deyiladi Pokiston tomoni tarqatgan bayonotda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!