Erdo‘g‘on Berlinga bordi, ammo...

A A A
Erdo‘g‘on Berlinga bordi, ammo...

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Berlinga tashrif bilan keldi, biroq Germaniya rasmiylari bu safarga imkon qadar e’tibor jalb qilmaslik niyatida: ommaviy chiqishlar yoki qo‘shma matbuot anjumanlari o‘tkazilmaydi.

Germaniya kansleri Olaf Shols Erdo‘g‘on Turkiya prezidenti etib qayta saylanganidan keyin shu yilning may oyida uni Berlinga tashrif buyurishga taklif qilgan.

Germaniyada kim hokimiyat tepasida bo‘lishidan qat’i nazar, ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar uzoq yillar davomida bir xil darajada og‘irligicha qolmoqda. Nemis siyosatchilari bir necha bor Erdo‘g‘onni qiyin sherik deb atashgan.

HAMAS va Isroil o‘rtasidagi urush Berlin va Anqara o‘rtasidagi so‘nggi ixtilofni keltirib chiqargan ko‘rinadi va ularni mojaroning qarama-qarshi tomonlarida ajratib turadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!