Erdog‘an qardoshiga minnatdorchilik bildirdi

Erdog‘an qardoshiga minnatdorchilik bildirdi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevga Turkiyadagi yong‘inlarni o‘chirishga samolyot yuborgani uchun minnatdorchilik bildirdi.

«Yong‘inlarni o‘chirish borasidagi sa’y-harakatlarimizni Ilhom ukam kuchli qo‘llab-quvvatladi... Ozarbayjon prezidentiga chuqur minnatdorchiligimni bildiraman. Ushbu samolyot yordamida yong‘inlarni samarali bartaraf etishga muvaffaq bo‘ldik», — dedi Turkiya rahbari Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishidan so‘ng.

Erdo‘g‘an Turkiyada joriy yilda o‘rmon yong‘inlari soni 53 foizga oshib, 5540 taga yetganini qo‘shimcha qildi: «Yong‘inlarni o‘chirishga 27 ta samolyot, 105 ta vertolyot va 5 mingdan ortiq quruqlikdagi texnikalar jalb etilgan. 15 avgustdan 19 avgustgacha 306 ta o‘rmon yong‘inlari qayd etilgan. Tegishli vazirliklar rahbarlari o‘z joyida, men ulardan muntazam ravishda ma’lumot olib turaman».

Eslatib o‘tamiz, Prezident Ilhom Aliyev topshirig‘iga ko‘ra o‘rmon yong‘inlarini o‘chirish uchun Ozarbayjon Favqulodda vaziyatlar vazirligi aviasiya otryadining BE-200ES samolyoti Turkiyaga jo‘natilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!