Er yuzidagi eng keksa erkak tug‘ilgan kunini nishonladi

Er yuzidagi eng keksa erkak tug‘ilgan kunini nishonladi

Dunyodagi eng keksa odam, britaniyalik Jon Alfred Tinnisvud o‘zining 112 yoshini nishonladi. Bu haqda The Guardian nashri yozdi.

Aprel oyida Ginnesning rekordlar kitobi 111 yoshli Tinnisvudni eng keksa erkak deb tan olgan. Bungacha dunyoning eng keksa erkagi sifatida tan olingan venesuelalik Xuan Visente Peres Mora 114 yil yashagan.

Tinnisvud 1912 yilda, Titanik cho‘kib ketgan yili Liverpulda tug‘ilgan. Uning hayoti davomida Buyuk Britaniya 24 Bosh vazirni ko‘rgan. U Angliyaning Sautport shahridagi qariyalar uyida yashaydi.

Tinnisvud hali ham hech qanday yordamsiz yashay oladi - u o‘z mablag‘ini boshqaradi, radiodagi yangiliklarni kuzatib boradi va har kuni ertalab o‘zi yotoqdan tura oladi.

“Ko‘p ichsang, ko‘p yesang, ko‘chada ko‘p yursang, har qanday narsani ko‘p qilsang, oxir oqibat azob chekasan”, – dedi u.

Eslatib o‘tamiz, Yaponiyaning Asiya shahrida yashovchi 116 yoshli Tomiko Itoka ispaniyalik 117 yoshli Mariya Branyas vafotidan so‘ng dunyodagi eng keksa odamga aylandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!