Er xotinini “ushlab olibdi”. Nima qilishga hayron...

Er xotinini “ushlab olibdi”. Nima qilishga hayron...

Savol:

Savol: Assalomu alaykum. Ayol telefonda begona erkak bilan gaplashayotganda eri uni ushlab olibdi, xotini telefonni sindirib tashlabdi, endi qay ma’noda gaplashgani Xudoga ayon. Bu oilaning 2 nafar farzandi bor. Erning boshi qotgan, javobini bervoray desa, farzandlaridan ko‘zi qiymayapti. Shu yigitga nima maslahat bergan bo‘lardingiz?

Javob: Vaalaykum assalom. Bu keng tarqayotgan illat. Kishilarda ichki diniy nazorat va diyonat susaygani bunday yomon ishlarga sabab bo‘lmoqda. 

Shariatda bu holda jazo belgilanmagan. Agar zino ustida xotin yo er jufti tomonidan ushlansa, bunda "lion" hukmlari joriy qilinadi. Agar to‘rtta guvoh o‘z shartlari bilan zinoga guvohlik bersa, unda "rajm" hukmlari ijro qilinadi. Bularning tafsiloti fiqhiy kitoblarda mavjud.

Savolda zikr qilingan holatda er o‘zi qaror qilishi kerak. Imkon bo‘lsa yomon gumondan o‘zini yiroq tutsin. Ayoliga nasihat qilsin va tanbih bersin. Uyida diniy ta’lim va ruhiy tarbiyani yo‘lga qo‘ysin.

Alloh yanada biluvchi.

Mubashshir Ahmad

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!