Er-xotin va talaba qiz: Andijonda koronavirusga chalingan oilaning ahvoli qanday?

Er-xotin va talaba qiz: Andijonda koronavirusga chalingan oilaning ahvoli qanday?

Andijonda bir oila a’zolari – 3 nafar fuqaroda koronavirus aniqlangan, er-xotin va uning talaba qizida tasdiqlangan edi.

Hozirda ularning ahvoli qoniqarli, alohida holatda tibbiy nazoratda davolanmoqda.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyalariga ko‘ra koronavirus aniqlangan shaxslar kelgan barcha tashkilotlar, ya’ni, Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasi, Andijon viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filiali va Andijon shahar ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi zudlik bilan 14 kunga vaqtincha yopilib, karantin e’lon qilindi.

Andijon viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining faoliyati Andijon shahar bolalar shifoxonasiga yuklatildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!