EOIIda 1000 yevrolik imtiyozli bojxona tartibi tugatiladi

EOIIda 1000 yevrolik imtiyozli bojxona tartibi tugatiladi

Evrosiyo iqtisodiy komissiyasi qaroriga ko‘ra, 2024 yilning 1 aprelidan YEOIIda shaxsiy foydalanish maqsadida qiymati 1000 Yevro va og‘irligi 31kg gacha bo‘lgan tovarlarni bojsiz olib kirish imtiyozli davri tugatiladi, - deyiladi xabarda.

Bojsiz import chegarasi avvalgi miqdor — 200 yevroga qaytadi.

Ma’lumot uchun, ushbu bojxona imtiyozi 2022 yilda, tovarlar taqchilligining oldini olish maqsadida kiritilgan edi. Undan fuqarolar asosan xorijiy internet-do‘konlarda shaxsiy foydalanish tovarlari xarid qilish maqsadida foydalanishgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!