Endi nogironlarda ham saylanish huquqiga bo‘ladi
Senatorlar “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi Qonunga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqidagi”gi qonun loyihasini ma’qulladi.
Unga ko‘ra, nogironligi bo‘lgan shaxslarning odil sudlovga kirishi, saylash va saylanish, referendumda ishtirok etish, shuningdek, ta’lim olish huquqlarini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratishga o‘zgartirishlar kiritilmoqda.
Senatorlarning fikricha, mazkur Qonun inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi umume’tirof etilgan xalqaro normalar va standartlarni milliy qonunchilikka implementasiya qilish orqali nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari himoya qilinishini ta’minlashga xizmat qiladi.
Muhokama yakunida Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.