Endi kitob o‘qib sovg‘asiga elektromobil yutib olish mumkin!

A A A
Endi kitob o‘qib sovg‘asiga elektromobil yutib olish mumkin!

«Yosh kitobxon» tanlovi g‘oliblari uchun Prezident sovg‘asi – elektromobil beriladigan bo‘ldi. Bu haqda Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ma’lum qildi.

Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev jumladan, shunay deydi:

«Yosh kitobxon» tanlovi yildan yilga kitobxonlarimiz uchun keng imkoniyatlar taqdim etayotganini ma’lum qilamiz. Endilikda, barcha adabiyotlarni siz nafaqat elektron shaklda o‘qishingiz balki «Mutolaa» ilovasi orqali audioshaklda ham tinglashingiz mumkin. Final g‘oliblariga esa Prezident sovg‘asi elektromobil nasib qiladi».

Tanlovda ishtirok etishni istagan yosh kitobxonlar @yoshkitobxon_bot telegram boti orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!