Endi it va mushuklar uch oyligidan ro‘yxatga olinadi

Endi it va mushuklar uch oyligidan ro‘yxatga olinadi

«Hayvonlarni identifikasiya qilish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi muhokamaga qo‘yildi. Hujjatga ko‘ra, qoramol, qo‘y va echkilar, tuyalarning bolalari tug‘ilganidan o‘n to‘rt kundan keyin bir oylikdan kechikmasdan, qulunlar va xo‘tiklar to‘rt oyligidan, cho‘chqa bolalari bir oyligidan, it va mushuklar uch oyligidan identifikasiya qilinadi.

Sirk va hayvonot bog‘i hayvonlari foydalanishga olinishidan oldin, shuningdek muhofaza qilinadigan tabiiy hududlardagi hayvonlar bosqichma-bosqich ro‘yxatga olinadi.

Hayvonlarni identifikasiya qilish davlat veterinariya xizmati tomonidan amalga oshiriladi.

Hayvonlarni identifikasiya qilish quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

belgilangan tartibda hayvonlarga individual raqam berish;

elektron axborot tizimiga hayvonlar identifikasiya qilinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritish;

veterinariya pasportini rasmiylashtirish.

So‘yish maqsadida import qilingan hayvonlar identifikasiya qilinmaydi. Ushbu hayvonlar keltirilgan vaqtdan boshlab yetti kalendar kunida so‘yilishi shart.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!