Emomali Rahmonga kutilmagan sovg‘a tayyorlandi

Emomali Rahmonga kutilmagan sovg‘a tayyorlandi

29 mart kuni Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon Sug‘d viloyatining shahar va tumanlarida yetim bolalar bilan bayram dasturxonida uchrashdi.

Ular bilan suhbatlashdi, yaxshi o‘qishni, chet tillarini o‘rganishga e’tibor berishni maslahat berdi. Uchrashuv yakunida bolajonlarga sovg‘alar – kiyim-kechaklar to‘plami, kitoblar, shirinliklar, shuningdek, pul mablag‘lari topshirildi.

Shundan so‘ng davlat rahbari 240 o‘rinli yangi «Bahor» bolalar bog‘chasining ochilishida ishtirok etdi. Ushbu maktabgacha ta’lim muassasasi qurilishining tashabbuskori mamlakat hukumatidir. So‘ngra, Emomali Rahmon rejaga ko‘ra, Qayroqqum gilamlari fabrikasi qoshidagi gilam ishlab chiqarish korxonasining ochilish marosimiga bordi.

U yerda Emomali Rahmonga o‘g‘li bilan tushgan rasmi tasvirlangan ulkan gilam sovg‘a qilindi. Gilam ushbu kombinat xodimlari tomonidan tayyorlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!