Elektromobillar zararsizmi?

A A A
Elektromobillar zararsizmi?

2023 yil birinchi chorakda dunyo bo‘yicha eng ko‘p sotilgan transport vositasi “Tesla Model Y” elektromobili bo‘ldi. Bu marka talab borasida, hatto, an’anaviy ichki yonuv dvigatelida ishlaydigan avtomobillarni ham ortda qoldirdi. Afsuski, tahlilchilar ommaviy ravishda elektromobil ishlab chiqarish ekologik halokatga olib boradi, deyishyapti.

To‘g‘ri, elektromobil juda tez ommalashyapti: 2023 yilning uch oyida sotilgan 267 mingta “Tesla Model Y” bu borada 256 400 ta xarid qilingan “Toyota Corolla”ni quvib o‘tdi. Garchi, yangi “Toyota Corolla” o‘rtacha 25 ming, “Tesla Model Y” esa 50 ming dollar atrofida bo‘lishiga qaramay. Iste’molchilar bir ovozdan elektromobilni ma’qul ko‘rmoqda. Binobarin, hozirgi texnologik rivojlanish sharoitida elektromobil ham ekologik halokatning oldini ololmas ekan.

“Elektrokar” tarafdorlari uchun ekotransport ma’qul kelgani sababli, bunday mashina arzon yuradi. Bu haq gap, albatta. Zero, elektromobilni eng qimmat narxda quvvatlantirish ham ichki yonuv dvigatelida harakatlanadigan transportga nisbatan, baribir, arzonga tushadi. Qolaversa, elektromobilni zaryadlash narxi kelgusida yana tushadi, ichki yonuv dvigatelida ishlaydigan transport vositasiga yonilg‘i quyish faqat qimmatlashib boraveradi. Elektromobil egalari servisdan ham iqtisod qiladi, chunki bunday avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish ko‘p talab qilinmaydi.

Bu farazga qo‘shilmaydiganlar ham bor. Ularning fikricha, elektromobil narxi juda tez tushib borishi hisobga olinadigan bo‘lsa, iqtisod haqida gapirishdan ma’no yo‘q. Masalan, AQSh bozoridagi holatga ko‘ra, elektromobil egalari dastlabki besh yilda avtomobil narxining o‘rtacha 50 foizini yo‘qotadi. Sakkiz yilda ushbu ko‘rsatkich 80 foizga chiqadi.

Yaxshi tomoni shuki, elektromobil shahar ekologik ahvoliga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi, ya’ni havoga zararli modda kam chiqaradi. Mutaxassislar ta’kidlashicha, megapolisda havoga ko‘tarilayotgan zararli chiqindining 80 foizi ichki yonuv dvegatelli transport vositalari hissasiga to‘g‘ri kelarkan. Ko‘rinib turibdiki, elektrokardan foydalanish aholi salomatligini yaxshilash, shovqin darajasini pasaytirish imkonini beradi.

Elektromobilning noma’qul tomoni haqida...

Ha, dunyoda elektromobilni ma’qul ko‘rmaydiganlar bor. Ular ta’kidlashicha, elektrokarning ekologik tozaligiga ishonish, shunchaki, xom hayol. Binobarin, elektr dvigatel, ayniqsa batareya ishlab chiqarish jarayonida havoga uglerod chiqishi juda yuqori. “Reuters” agentligi Argon milliy laboratoriyasi matematik modeliga asoslanib, “Tesla Model-3” qancha yursa, ishlab chiqarilishi va ekspluatasiyasi natijasida chiqaradigan uglerod zarari o‘z sinfidagi benzinda yuradigan “Toyota Corolla” bilan tenglashishini hisoblab chiqdi. Natija 21 725 kilometrni ko‘rsatgan va bu juda jiddiy kamchilik sifatida baholanmoqda. Bunda batareyada ishlatilayotgan metall turi va boshqa detallar ham hisobga olingan. Ayni hisob-kitob Amerika bozoriga muvofiq keladi. Qariyb to‘liq “yashil” elektr quvvatidan foydalaniladigan Norvegiyada “Model-3” havoni bulg‘ash darajasi bo‘yicha “Corolla” modeliga 13,5 ming kilometr yurgandan keyin tenglashar ekan. Xitoyda esa energetika, asosan, Issiqlik energetika stansiyalariga bog‘langan. Shu bois ushbu ko‘rsatkich Chin mamlakatida 126 ming kilometrni tashkil etadi. Holbuki, Xitoy sayyoramizdagi eng yirik avtomobil bozoriga ega.

Akkumulyatorlar halokatga olib boradimi?

Elektromobilga qiziqishni o‘ldiradigan dalillardan yana biri quvvat zaxirasi tamom bo‘lgan batareyani qayta ishlash. 2023 yil bahorda “Nature” jurnalida chiqqan maqola orqali olimlar zudlik bilan litiy-ionli akkumulyatorni qayta ishlashni yo‘lga qo‘yishga chaqirdi. Tahlilchilar hisob-kitobi yil oxirigacha bir millionta “Tesla Model Y” sotilishi mumkinligidan darak beradi. Bu 250 ming tonna akkumulyator, degani. Batareyaning xizmat muddati, taxminan, 10 yil. Sanoat usulida to‘liq qayta ishlash texnologiyasi ayni payt mavjud emas – hozircha arang 50 foiz utilizasiyaga muvaffaq bo‘linmoqda. Akkumulyatorning parchalanishi esa havoga zaharli modda chiqaradi.

“Toyota” kompaniyasi elektromobilni quyosh elektr manbasi bilan jihozlash imkoniyatini ko‘rib chiqyapti. Aftidan, yaqin orada ushbu yo‘nalishda dunyo bo‘yicha ulkan global sakrash kutiladi. Masalan, eski akkumulyatordan “Nissan” zavodida yordamchi detal sifatida foydalanilmoqchi, “BMW” esa energiya ombori ishlab chiqmoqchi. “Volkswagen” konserni batareyani qayta ishlaydigan oltita zavod qurish rejasini e’lon qilgan edi. Ushbu zavodlarning birinchisi – 2021 yil ishga tushgan korxonada yiliga 3 600 batareyani qayta ishlash imkoni bor.

Yana bir muammo bor: batareyani kompaniyalar turlicha konstruksiyada ishlab chiqaryapti, natijada qayta ishlash uchun turfa texnologiya zarur bo‘lmoqda. Demak, barcha avtomobil ishlab chiqaruvchilar birdek qo‘llashi uchun batareya standartlashtirilishi lozim. Shunda qayta ishlash jarayoni osonlashadi. Aks holda yana 10-15 yildan so‘ng elektromobil bilan bog‘liq ekologik muammolar insoniyat uchun haqiqiy bosh og‘rig‘iga aylanishi turgan gap.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Chechen qo‘mondonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdid: “Ruslarni o‘ldirish uchun kelgan xorijliklar yo‘q qilinadi!”

Чеченистоннинг "Ахмат" махсус кучлари қўмондони Апти Алаудинов Украинадаги урушда қатнашаётган жангчилар ҳақида баёнот берди.

Eron jasorat ko‘rsatmoqda

"Агар бугун сионистик режим ўз адашуви туфайли аҳмоқлик қилиб тажовуз қилишга журъат этса, шубҳасиз, ўзининг заиф ва кичик ҳудудига қақшатқич ва қатъий жавоб олади".

Rossiyada yakun yasaldi: SSSR yo‘q bo‘ldi

Федерация Кенгашининг конституциявий қонунчилик ва давлат қурилиши қўмитаси раиси Андрей Клишас ҳуқуқий жиҳатдан Совет Иттифоқи энди мавжуд эмаслигини таъкидлади.

Fermer "er kovlab," o‘z maydonidan oltin topdi

Тахминий ҳисоб-китобларга кўра, унинг ерларида 150 тоннага яқин олтин мавжуд.

Lavrov "Bunday so‘zlarni aytish uchun surbet odam bo‘lish kerak”

Жумладан, ГФРнинг янги канцлери жаноб Мерцнинг Германия яна Европага раҳбарлик қилиш вақти келгани ҳақидаги нутқи.

XXR Daniyaga Rossiya bilan hamkorlikni to‘xtatish chaqirig‘iga "shapaloq" bilan javob qaytardi

Хитой Халқ Республикаси Россия билан ҳамкорликдан воз кечиш чақириғига жавобан Данияга "дипломатик шапалоқ" туширди.

Medvedevning xayollari

Медведев Украина харитасини намойиш қилди.

Ruslar Kupyanskni yer bilan yakson qildi

Маъмурият раҳбарининг сўзларига кўра, ҳудудда тахминан 1700 нафар фуқаро қолган.

Kreml milliardlab topmoqda, Yevropa esa milliardlab sarflamoqda

Россия Европанинг Украинага сарфлайдиганидан кўпроқ даромад олади.

Toshkentda 49 yoshli shilqim qaynota qamaldi

Мазкур ҳолат юзасидан суд иши ЖИБ Янгиҳаёт туманида кўриб чиқилди.

Go‘zallik malikasi 9 oyga qamaldi

Бу ҳақда Need To Know (NTK) нашри хабар бермоқда.

Andijon hokimi Shuhrat Abdurahmonov jinoyat sodir etgani haqida xabarlar tarqaldi

Хабарларда ҳолат вояга етмаган шахсга нисбатан қилингани айтилган.

Markaziy Osiyo xalqlari uchun Rossiya endi qiziq emas

Марказий Осиёдан Россияга келаётган меҳнат муҳожирлари сони сезиларли даражада камайди.

Hokim o‘rinbosari o‘zini yoqib yubordimi?

Ижтимоий тармоқларда Яккабоғ тумани ҳокими ўринбосари ўзини ёқиб юборгани ҳақида хабар тарқалди.

Ortiqxo‘jayev yangi lavozimda ish boshlagani aytilmoqda

Тарқалган хвбврлврга кўра, Жаҳонгир Ортиқхўжаев Ўзбекистон корпоратив спорт ассоциацияси расининг биринчи ўринбосари сифатида иш бошлаган.

Ukraina Rossiyaning muhim harbiy ob’ektlariga zarba berdi

Украина мудофаа кучлари Россия ҳарбий-саноат мажмуаси учун муҳим бўлган объектларга, хусусан, "Радуга" заводига зарба беришга муваффақ бўлди.

Narkoz ostida zo‘rlangan bolalar: jarroh 20 yilga qamaldi

Шифокор 299 нафар беморга нисбатан зўрлаш ва бошқа жинсий зўравонлик ҳаракатларини содир этган, уларнинг 256 нафари 15 ёшдан кичик болалар бўлган.

Putinning Ukraina urushini to‘xtatish uchun qo‘ygan qat’iy talablari oshkor bo‘ldi!

Путин Украина урушини тўхтатиш учун Ғарбдан ёзма мажбурият талаб қилмоқда!

Zelenskiy Moskvaga qo‘ng‘iroq haqida gapirdi

Украина президенти Владимир Зеленский мудофаа вазири Рустем Умеров кўплаб асирлар алмашинувидан сўнг Россия вакили Владимир Мединский билан алоқада бўлганини, бироқ Украина Москва ваъда қилган "меморандум"ни олмаганини айтди.

Ukraina rahbari: “Rossiyani to‘xtatish uchun bizga 30 milliard dollar kerak”

Бу ҳақда Bloomberg ёзмоқда.

Tolibonning afyunga qarshi kurashi: muvaffaqiyatga erishish mumkinmi?

Толибон раҳбарияти мамлакатда опиум манбаи бўлган кўкнор етиштиришни қатъиян тақиқлади ва бу борада кескин чоралар эълон қилинди.

Qarshida 1,7 kg. og‘irlikdagi tilla taqinchoqlarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

Тегишли лицензия ва рухсатномаларсиз заргарлик буюмлари савдоси билан шуғулланаётган мазкур шахсга тегишли автотранспорт воситаси кўздан кечирилганида эса яна 359 дона заргарлик буюмлари борлиги аниқланди.

Koronavirusning yangi to‘lqini tobora kengroq tarqalmoqda

Маълумотларга кўра, Гонконгда кекса ёшлилар орасида ўлим ҳолатлари қайд этилмоқда,

Afrosiyob poyezdi emas, manyovr teplovozi yondi — O‘zbekiston temir yo‘llari

Воқеа жойига етиб келган мутахассислар томонидан ёнғин ўчирилди. Компания ёнғин ҳақида кейинроқ маълумот беришга ваъда берди.

Rossiya va Qozog‘istondan noqonuniy olib kelingan 5 mlrd. 353 mln. so‘mlik dori vositalari to‘xtatib qolindi

Таъкидлаш лозимки, сифати кафолатланмаган ушбу дори воситаларининг умумий қиймати 5 млрд. 353 млн. сўмни ташкил этади.

Eron uranni boyitishni to‘xtatishga tayyor

АҚШ илгари уранни бойитишни бутунлай тўхтатишни талаб қилган эди, чунки у ядро қуроли яратишда ишлатилишидан хавотирда эди. Теҳрон эса бу айбловларни бир неча бор рад этган.

Argentina prezidenti Xaver Miley AQSh vazirini oltin benzin arra bilan kutib oldi — siyosatda yangi ramz!

27 май куни кечқурун у Аргентинага ташриф буюрди. Музокара давомида Милей ва Кеннеди, жумладан, "сиёсат ва коррупциядан холи бўлган" Жаҳон Соғлиқни Сақлаш Ташкилотига муқобил ташкилот яратиш масаласини муҳокама қилди.

Germaniya to‘g‘ridan-to‘g‘ri urushga aralashmoqda

Россия Германиянинг Украина учун ракеталар учиш масофаси бўйича чекловларни бекор қилгани ҳақидаги маълумотларни текширади. Лавровнинг айтишича, Германия тўғридан-тўғри урушга аралашмоқда.

Tramp Netanyahuni ogohlantirdi

Эронга қарши ҳар қандай ҳаракат музокараларни издан чиқариши мумкин.

“Ukraina NATO sammitida bo‘lmasa, Putin yutadi”

Украина июн ойида ўтказиладиган NATO саммитида иштирок этиши керак.

Berlindan "uzoq masofali salom"

Украинада немис қуроллари ишлаб чиқарилади — Германиядан тарихий қадам.

Yaqin yillar ichida Kaliforniyada halokatli zilzila yuz berishi mumkin

USGS вакили Сара Минсоннинг сўзларига кўра, Сан-Францискода 2055 йилгача Big One деб аталаётган кучли зилзиланинг содир бўлиш эҳтимоллиги 72 фоизга етган.

Fransiyada evtanaziya haqida qonun qabul qilindi

Франция Миллий Ассамблеясининг 305 нафар аъзоси шифокорлар ёрдамида ўз жонига қасд қилишни қўллаб-қувватлаган

Rossiyada 11 nafar o‘zbekistonlik hibsga olindi

Шунингдек, воқеа юзасидан қасддан баданга ўртача оғирликдаги тан жароҳати етказиш ҳолати бўйича жиноят иши қўзғатилган

“Qamchiq” dovonida “Gentra” xandaqqa tushib ketdi

Яна бир автомобиль – “Мерседес” ҳайдовчиси бошқарувни йўқотиб, йўл ўртасидаги темир тўсиққа урилган.

SWS3 — Xitoyning dronlarga qarshi qo‘rqinchli javobi

Хитой дронларга қарши янги зенит-ракета-тўп мажмуасини яратди.

Asirlikda halok bo‘lgan 200 nafar askar: jonlar hisobidagi urush haqiqati

Уруш бошланганидан бери Россия асирлигидаги 200 дан ортиқ украиналик аскар ҳалок бўлди.

AQShning rejasi bor, ammo u hech kimga ma’qul kelmayapti

АҚШнинг Украина масалалари бўйича махсус вакили Кит Келлог Қўшма Штатлар Украинадаги можарони тинч йўл билан ҳал этиш учун 22 банддан иборат режа ишлаб чиққанини маълум қилди.

Toshkent shahrida 800 nafar fuqaro uy olaman deb 200 mlrd so‘mdan ortiq pullaridan ayrildi

Мазкур жиноят иши доирасида 800 нафар фуқаролар жабрланувчи деб топилган бўлиб, умумий 209 млрд. 263 млн. сўм зарар аниқланган.

Namanganda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» vaqtida qizlarning sochi yonib ketdi

Қайд этилишича, мазкур ҳолат Наманган вилояти Чортоқ туманидаги 48-умумтаълим мактабида содир бўлган.

Тошкент шаҳрида 800 нафар фуқаро уй оламан деб 200 млрд сўмдан ортиқ пулларидан айрилди

Мазкур жиноят иши доирасида 800 нафар фуқаролар жабрланувчи деб топилган бўлиб, умумий 209 млрд. 263 млн. сўм зарар аниқланган.

Наманганда «Сўнгги қўнғироқ» вақтида қизларнинг сочи ёниб кетди

Қайд этилишича, мазкур ҳолат Наманган вилояти Чортоқ туманидаги 48-умумтаълим мактабида содир бўлган.

Ливерпулда автомобил одамларни босиб кетиши оқибатида 27 киши жароҳатланди

Маҳаллий ҳокимият расмийларининг хабар беришича, қолган жабрланганларга ҳодиса жойида тиббий ёрдам кўрсатилган.

Наманганда дарахтга урилган Nexia-3 ичидаги 19 ёшли ҳайдовчиси билан ёниб кетди

Қутқарув экипажи ҳодиса жойига етиб борган, ёнғин қутқарувчилар ва фуқаролар томонидан ўчирилган.

22 ёшли қизни фоҳишалик учун Россияга жўнатмоқчи бўлган аёл ушланди

Ҳозирда ушбу ҳолат юзасидан “одам савдоси” моддаси бўйича жиноят иши қўзғатилди.

Россиянинг Воронеж шаҳрида бир талаба хонадошини гигиенага риоясизлиги сабабли ўлдирди

Навбатдаги жанжалдан сўнг сабр-тоқат косаси тўлган йигит пичоқ олиб, Максимнинг томоғини кесган.

Украина Patriot зенит-ракета мажмуаларининг танқислигини бошдан кечирмоқда — Тhe Washington Post

Мақолада қайд этилишича, 2023 ва 2024 йилларда Patriot тизимлари Россиянинг баллистик ракеталарини тутиб қолишда нисбатан самарали бўлган. Аммо 2025 йил май ойи охиридан бошлаб Украина бундай ракеталарни уриб туширишда қийинчиликларга дуч кела бошлаган.

"Куч ишлатилмаса, Путин ечим изламайди"

Россиянинг Украинада урушни тўхтатиш истагини билдирувчи белгилар йўқ.

Медведевнинг режаси Россияга 50 миллион аскарга тушади

Таҳлилчиларнинг ҳисоб-китобларига кўра, бу режани амалга ошириш - деярли бутун Украинани босиб олиш учун 91 йил ва Россия аҳолисининг учдан бир қисмигача талаб этилади.

"Ҳаққоний ваъда"га тайёрмиз – Эрон Исроилни огоҳлантирди

"Исроилда жиноятчилар ва аҳмоқлар ҳокимият тепасида тургани сабабли ҳар қандай хато юз бериши мумкин".

Макрон: Трамп Путиннинг унга ёлғон гапиргани англади

"АҚШ президенти Доналд Трамп Россия диктатори Владимир Путиннинг тинчликка тайёрлик ҳақидаги сўзлари ёлғон эканини тушуниб етди".

Хитой жанубида кучли ёмғир ёғди, қурбонлар бор

Метеорологларнинг маълумотларига кўра, 2025 йил бошидан бери энг кучли ёмғир 27-29 май кунлари Хитой жанубида бўлади. Табиий офатлар хавфи ортади.

Россия армияси Украинага тунги ҳужумда 350 дан ортиқ дрондан фойдаланди

Маълум қилинишича, Украина ҳаво мудофааси барча 9 та Х-101 ракетасини уриб туширган ҳамда 288 та дронни йўқ қилган.

“Қамчиқ"да хандаққа тушиб кетган юк машинаси олиб чиқилди

Хабарга асосан, қутқарув отряди айтилган манзилга етиб бориб, махсус техника ва асбоб-анжомлар ёрдамида юк автомашинаси хандақдан олиб чиқилган.

Макрон рафиқасидан тарсаки еди

Франциянинг BFM RMC нашрининг ёзишича, Елисей саройи бу видео ҳақиқий эканини тасдиқлаган.

Сирдарёда уч киши қудуқдаги газдан заҳарланиб ҳалок бўлди

Яна икки киши ҳушини йўқотган, уларга тиббий ёрдам кўрсатилиб, шифохонага ётқизилган.

Исроил Ғазо секторига барча мунтазам ҳарбий бригадаларини киритди

Аввалроқ Исроил расмийлари ХАМАС маҳбуслар масаласида келишувга эришиб, қуролсизлантирилгунига қадар ЦАХАЛ ҳужумларини давом эттиришини билдирган эди.

Исроилнинг Ғазодаги мактабга ҳужумида 20 киши ҳалок бўлди

Сўнгги маэълумотларга кўра, ЦАХАЛ барча оддий пиёда ва зирҳли бригадаларини Ғазога киритган.

Трамп Украинани иккинчи Афғонистонга айлантирмоқчими?

Бу АҚШ президентининг Украинани қўллаб-қувватлашдан бош тортиши ҳақидаги экспертларнинг фикри.

Газли ичимлик оқибати: эркакдан 35 та тош олиб ташланди!

Кунига уч литргача Coca-Cola ичадиган эркакнинг пешоб қопчасидан 35 дона тош олиб ташланди.