Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti (PMTI) tadqiqotchilari elektr energetikasi sohasini isloh qilishning Meksika tajribasini o‘rgandi.
Elektr energetikasi sohasida davlatning o‘rni.
Meksika elektr energetikasi sohasi davlatga tegishli "Elektr energetikasi bo‘yicha federal komissiya" tashkiloti tomonidan boshqarilgan va mazkur tashkilot elektr energiyasini ishlab chiqarish bilan birga yetkazib berish va taqsimlashni ham to‘liq nazoratiga olgan edi.
Elektr energiyasi uchun belgilangan tariflarning iqtisodiy jihatdan samarasizligi:
➖ Elektr enegiyasi uchun tariflar xarajatlarni qoplash darajasidan past belgilanganligi;
➖ Elektr energiyasi uchun tariflar ishlab chiqarish xarajatlarining bozor narxlari asosida emas balki xom ashyo narxiga moslab belgilanishi;
➖ 2002-yildan boshlab davlat tomonidan subsidiyalarni berishda moliyaviy qiyinchiliklarning paydo bo‘lishi.
Subsidiyalarning turlari va asosiy xususiyatlari:
▪️Tariflar turi murakkab tuzilgan va subsidiya beriladigan guruhlar soni ko‘pchilikni tashkil etganligi;
▪️“Yozgi subsidiyalar” deb nomlangan alohida imtiyozli tarif tizimining joriy etilganligi. Xususan, issiq hududlarda yashaydigan aholiga sovutish uskunalaridan foydalanganligi uchun sarflagan elektr energiyasi uchun imtiyozlarning berilishi.
Meksikada elektr energetikasi sohasidagi islohotlarning muvaffaqiyatsizligi sabablari:
1. Huquqiy to‘siqlar va kamchiliklar: Amaldagi qonunchilikning xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash uchun yetarli emasligi;
2. Sohadagi manfaatdor guruhlarning qarshiligi:
➖ Elektr energiyasi iste’molchilarining turli ko‘rinishdagi noroziligi;
➖ Sohadagi davlat tashkilotlarida ishlaydigan xodimlarning kasaba uyushmalari orqali xususiylashtirishga nisbatan qarshilik ko‘rsatishga urinishi.
3. Jamoatchilik ishtirokining sustligi:
➖ Elektr energitikasi tizimida yuzaga kelgan muammolar haqida jamoatchilik orasida yetarli bilim va tushunchaning cheklanganligi;
➖ Xususiylashtirishga nisbatan iste’molchilar orasida salbiy fikrlarning saqlanib qolganligi.
4. Siyosiy sabablar:
➖ Davlat tashkilotlari tomonidan siyosiy uyushqoqlikning ta’minlanmaganligi;
➖ Islohotlarning amaliy natijadorligini ta’minlash va oxiriga yetkazishda yetarli siyosiy iroda ko‘rsatilmaganligi.
Olingan asosiy saboqlar:
▪️Subsidiyalarni ajratishda ijtimoiy ko‘makka muhtoj qatlamlarga ustunlik berish, ijtimoiy-iqtisodiy sharoiti yaxshi qatlamlarning subsidiyalardan birdek foydalanishi bilan bog‘liq notenglik holatlariga e’tibor qaratilishining lozimligi;
▪️Yuqoridan pastga qarab boshqariluvchi davlat tashkilotlari tufayli islohotlarning sekin va samarasiz bo‘lishi;
▪️Energetika sohasini boshqarishda davlat hukmronligini ta’minlovchi qonunlarning o‘zgarmasligi o‘z o‘rnida islohotlar o‘tkazishni qiyinlashtirishga olib kelganligi;
▪️Sohani xususiylashtirish haqida jamoatchilikka yetarli va to‘g‘ri ma’lumotlar berilmasligi va islohotlarga aholining qarshiligi;
▪️Subsidiya ajratishda iste’molchilarni ko‘psonli guruhlariga ajratish umumiy subsidiya hajmining kamayishiga olib kelmadi, aksincha oshishiga sabab bo‘ldi. Chunki iste’molchilarning yuqori subsidiya oladigan guruhlarga o‘tishga intilishi bilan bog‘liq holatlar ko‘paydi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
“UzAuto Motors” 2025 йил 21 июлдан бошлаб мижозларга Chevrolet Onix, Tracker ва Damas моделдаги автомобилларни янги шартларда харид қилиш имконини тақдим этмоқда.
Жей Ди Вэнс Fox News телеканалига берган интервюсида журналистнинг Трамп ва Путин ўртасида Аляскада бўлиб ўтадиган музокаралар ҳақидаги саволларига жавоб берди.
Жума куни кечқурундан бошлаб оммавий ахборот воситаларида 15 август куни Аляскада АҚШ президенти Дональд Трамп ва Владимир Путин муҳокама қилмоқчи бўлган «тинчлик режаси» ҳақидаги тафсилотлар тарқала бошлади.
Гумонланувчилар орасида Таиланднинг энг йирик қурилиш компанияларидан бири – Italian-Thai Development Премчай Карнасута ва Хитойнинг China Railway компанияси ҳам бор.
ҲАМАС ҳаракати Исроил ҳукумати томонидан Ғазо шаҳрини босиб олиш ва унинг аҳолисини мажбуран кўчириш режаларини кескин қоралаб, буни "катта оқибатларга олиб келувчи ҳарбий жиноят" деб атади.
Исроил Хавфсизлик кабинети Ғазо секторида фақат Ғазо шаҳрини босиб олиш режасини маъқуллади. Бу қарор аввал эълон қилингандай бутун сектор эмас, балки унинг шимолий қисмига доир босиб олишни назарда тутади.
Ҳолат юзасидан ўтказилган хизмат текшуви натижаларига кўра, 2006 йилда туғилган А.А. исмли шахс Чилонзор тумани 19-мавзе ҳудудида яланғоч ҳолда жамоат жойида ҳаракатланган.
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев 5 август куни Туркманбоши шаҳридаги "Аваза" миллий туризм ҳудудида ўтаётган БМТнинг Денгизга чиқиш имкони бўлмаган ривожланаётган мамлакатлар бўйича учинчи конференциясида иштирок этди.
Исроил Суриядаги айирмачи кучлар орқали мамлакатни бўлиб ташлашга уринмоқда. Бу ҳақда Сурия ахборот вазири Ҳамза ал-Мустафо Туркиянинг “Anadolu” ахборот агентлигига берган интервьюсида маълум қилган.