Elchixona: AQSh rasmiylarining Rossiyaga qarshi maxsus tribunalni qo‘llab-quvvatlashi haqidagi so‘zlari yolg‘ondir

Elchixona: AQSh rasmiylarining Rossiyaga qarshi maxsus tribunalni qo‘llab-quvvatlashi haqidagi so‘zlari yolg‘ondir

AQSh ma’muriyati rasmiylarining Rossiyaga qarshi maxsus tribunal tashkil etilishini qo‘llab-quvvatlash haqidagi so‘zlari yolg‘ondir, dedi Rossiyaning Vashingtondagi elchixonasi.

“Biz bir qator ma’muriyat amaldorlarining Rossiyaga qarshi maxsus tribunal tashkil etilishini qo‘llab-quvvatlash haqidagi muntazam bayonotlariga e’tibor qaratdik. Bunday bayonotlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri tuhmatdir”, — deya diplomatik missiya so‘zlarini keltirgan TASS.

Elchixona bu so‘zlarning adolatga hech qanday aloqasi yo‘qligini ta’kidladi.

Diplomatlarning qo‘shimcha qilishicha, Qo‘shma Shtatlar geosiyosiy manfaatlar foydasiga xalqaro huquq normalarini mensimaslikda davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!