Eksklyuziv video: Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zlayotganda, ortidagi qiz xushidan ketdi

Eksklyuziv video: Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zlayotganda, ortidagi qiz xushidan ketdi

Xabaringiz bor, kecha, 6 aprel kuni Surxondaryo viloyatida Xalqaro baxshichilik san’ati festivali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zladi.

Ochilish marosimi O‘zbekiston-24 telekanali orqali jonli efirda namoyish etildi. Prezident Mirziyoyev mazkur tantanali marosimda nutq so‘zlayotganda, uning ortida festivalda ishtirok etayotgan davlat nomlari yozilgan taxtachalarni ko‘tarib olgan qizlar saf tortib turgan edi.

Prezident nutqi avvalida Iordaniya davlati nomini qo‘lida tutgan ishtirok qiz safni tark etib, sahna o‘rtasigacha gandiraklab keldi. Bu holat esa jonli efirda ko‘rsatildi. Shu zahotiyoq qo‘riqlash xizmati xodimlaridan ikki kishi sahnaga chiqdi va xushini yo‘qotgan ishtirokchi qizni sahnadan olib chiqib ketdilar.

Mazkur holat aks etgan lavha takroriy efirdan olib tashlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!