Namangan viloyatidagi tumanlardan birining davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘zining haydovchisi nomida bo‘lgan sabzavotchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jalikning 1 gektar yer maydonini boshqa bir fuqaro nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 15 ming AQSh dollari talab qiladi.
Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi, viloyat prokuraturasi va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, u so‘ralgan pulni xizmat xonasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimi 1990 y.t. mahalliy fuqaro bilan kelishgan holda, Urganch tumanidagi MCHJ balansida bo‘lgan 30 sotix yer maydonini tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan shaxs nomiga tanishlari orqali rasmiylashtirib berish evaziga 50 ming AQSh dollari talab qilishadi.
Davlat xavfsizlik xizmatining Xorazm viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, ular so‘ralgan puldan 30 ming AQSh dollarini olgan vaqtlarida ushlandi.
Xorazmda kuzatilgan yana bir holatda esa Xiva shahrida yashovchi, 1984 y.t. fuqaro tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan shaxsga Urganch shahri hududidan 2 sotix yer maydoni olib berish uchun 30 ming AQSh dollari talab qilib, oldindan 20 ming dollar olgan vaqtida ushlandi.
Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi, 1992 va 1993 yillarda tug‘ilgan ikki nafar fuqaro o‘zganing ishonchiga kirib, unga Toshkent viloyatining Qibray tumanida joylashgan fermer xo‘jalik balansida bo‘lgan 1,9 gektar yer maydonini olib berish evaziga 605 ming AQSh dollari talab qilishadi.
Toshkent viloyatining Chinoz tumanida yashovchi, 1965 y.t. fuqaro o‘g‘liga tegishli bo‘lgan, chorvachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jalikning 1,8 gektar yer maydonini xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 25 ming AQSh dollari talab qiladi.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.
Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.
ATTO компанияси хабар беришича, 3–4 декабрь кунлари амалга оширилган йўл ҳақи учун кечиктирилган тўловлар тизим томонидан ечиб олина бошлайди.
Сабаби техник носозликлар бўлиб, баъзи тўловлар аввалроқ ечилмай қолган. Қўрқманг! Бу хатолик эмас, фақат ўша кунларда сарфлаган ҳақиқий суммагина ечилади.
Финландия бош вазири Петтери Орпо мамлакат иқтисодиёти жуда ёмон аҳволда эканини, бунинг асосий сабаби Россия томонидан келаётган таҳдидлар билан боғлиқлигини айтди.
Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.
Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.
Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.
Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.
Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.