Dushanbe shahrida MDHga a’zo davlatlar Adliya vazirlari kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tadi

Dushanbe shahrida MDHga a’zo davlatlar Adliya vazirlari kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tadi

Dushanbe shahrida MDHga a’zo davlatlar Adliya vazirlari kengashining navbatdagi, 17-majlisi bo‘lib o‘tadi. Bu haqdagi qaror Sankt-Peterburgda yakunlangan 16-yig‘ilishda qabul qilindi.

“Tojikiston adliya vaziri Muzaffar Ashuriyen 2023-yil uchun Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Adliya vazirlari kengashi raisi etib saylandi”, — deya xabar beradi Tojikiston Adliya vazirligi.

Qayd etilishicha, uchrashuv 29 iyundan 1 iyulga qadar Sankt-Peterburgda Rossiya adliya vaziri Konstantin Chuychenko raisligida 10-xalqaro yuridik forum doirasida bo‘lib o‘tgan. Unda Armaniston adliya vaziri Karen Andreasyan, Belarus adliya vaziri o‘rinbosari Nikolay Starovoitov, Qirg‘iziston adliya vaziri Ayaz Bayetov va O‘zbekiston adliya vaziri Ruslanbek Davletov ishtirok etdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!