Dunyodagi eng katta samolyot – Stratolaunch ikkinchi parvozini amalga oshirdi

Dunyodagi eng katta samolyot – Stratolaunch ikkinchi parvozini amalga oshirdi

Samolyot Kaliforniyadagi Moxave aerokosmik porti maydonidan uchdi. Parvoz sinov uchun o‘tkazildi va muvaffaqiyatli yakunlandi. Ammo sinovdan ko‘zlangan maqsad ochiqlanmayapti.

Uning birinchi parvozi 2019 yilning aprelida bo‘lgan. Unga egalik qiluvchi Stratolaunch firmasi Microsoft asoschilaridan biri Pol Allen ishtirokida tashkil etilgan.

Samolyot qanoti va uzunligi bo‘yicha dunyodagi eng uzun bo‘lib, dastlab kosmik raketalarni uchirishga mo‘ljallangan edi. Pol Allenning vafotidan keyin kompaniya havo starti raketalarini ishlab chiqishni to‘xtatdi. Yangi rahbariyat samoletdan Pentagon manfaatlari uchun giper ovozli texnologiyalar sinovi uchun foydalanishga qaror qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!