Dunyo mamlakatlarida 1GB mobil internet narxi qancha?

Dunyo mamlakatlarida 1GB mobil internet narxi qancha?

Hozirgi globallashuv jarayonida milliardlab insonlar mobil telefonsiz, internetsiz yashay olishmaydi. Shunday ekan, qaysi mamlakatlarda internet narxlari eng past yoki aksincha.

So‘nggi 5 yilda dunyoda qo‘shimcha 1 milliard kishi internetga kirish imkoniyati yaratildi. Ammo uning narxlari bo‘yicha davlatlar bir-biridan keskin farqlanadi. Jumladan, eng qimmat va eng arzon ma’lumotlarga kirish o‘rtasida 30 000 % farq mavjudligi ham fikrimizni isbotlaydi. Bu haqda Moliya.uz telegram kanali ma’lumot berdi.

Dunyoda 1GB Internet narxi eng arzon mamlakatlar top beshligi:

  1. Hindiston $0,09
  2. Isroil $0,11
  3. Qirg‘iziston $0,21
  4. Italiya $0,43
  5. Ukraina $0,46

1GB mobil internet eng qimmat davlatlar:

  1. Malavi $27.41
  2. Benin $27.22
  3. Chad $23.33
  4. Yaman $15.98
  5. Botsvana $13.87

Mamlakatlar o‘rtasidagi narxlarning bunchalik katta farq bo‘lishiga asosan 4 sabab keltirishimiz mumkin:

  • Infrastrukturaning mavjudligi (Misol uchun Yamanda internet tarmog‘iga ulanish uchun imkoniyat yo‘qligi);
  • Faqatgina mobil internetga bog‘liqlik (mamlakat ichidagi provayderlar o‘rtasidagi raqobat tufayli narxlari tushadi. Misol Qirg‘iziston Respublikasi);
  • Ma’lumotlarni kam iste’mol qilish (Ayrim Afrika mamlakatlarida internetdan 1000 barobar muhim bo‘lgan narsalar bor);
  • Foydalanuvchilarning daromadiga bog‘liq (Daromadi yuqori bo‘lgan mamlakat fuqarolari mobil internet uchun yuqori haq to‘lashga qodir, hamda yuqori tezlikdagi internetni xohlashadi).

O‘zbekistonda 1GB mobil internet narxi o‘rtacha $1,34 bo‘lib, eng arzon mamlakatlar qatorida 47-o‘rinda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!