Dubayga fohishalik bilan shug‘ullantirish uchun ayol sotgan sudlanuvchiga hukm o‘qildi

A A A
Dubayga fohishalik bilan shug‘ullantirish uchun ayol sotgan sudlanuvchiga hukm o‘qildi

“Pul bor-yo‘g‘i bir vosita. Ular sizni istagan joyingizga eltadi, lekin yo‘lning yo‘nalishini o‘zingiz tanlashingiz kerak”, degan edi amerikalik faylasuf Ayn Rend. Muqaddam bir necha bor sudlanib, bundan to‘g‘ri xulosa qilish o‘rniga, mo‘may daromad topishni maqsad qilgan “qahramon”imizning tanlovi esa qing‘ir yo‘ldan yurishda to‘xtaldi.

42 yoshli Dilnoza (ismi o‘zgartirilgan) 2013 yil 6 oktyabr kuni Xulkaroy va boshqa shaxslar bilan oldindan til biriktiradi. Ular tanishi Lazokatxonni BAA davlati Dubay shahrida maoshi katta bo‘lgan ishga joylashtirib qo‘yishni aytib, qo‘ynini puch yong‘oqqa to‘ldirishadi. Aslida esa uni BAA davlatida fohishalik bilan shug‘ullantirish maqsadida yollashgandi. Jabrlanuvchi Lazokatxonni Xulkaroyning ko‘rsatmasi asosida 2013 yilning oktyabrida Andijon viloyati orqali Qirg‘izistonga o‘tkazishgan. Qirg‘iziston Respublikasi hududida uni boshqa shaxs kutib olib, Lazokatxonga berilgan fuqarolik pasportida dunyoning barcha mamlakatlariga chiqish huquqini beruvchi “ruxsat yozuvi” – viza stikerini rasmiylashtirilmaganini bila turib, belgilangan chet elga chiqish tartibini buzadi. Ayolni 2013 yil 12 oktyabr kuni “Bishkek-Dubay” yo‘nalishidagi avia reys bilan BAA davlatiga qonunga xilof ravishda yuborgan. Uni Dubay shahrida Xulkaroy kutib olib, fuqarolik pasportini olib qo‘ygan holda boshqa shaxslar bilan 2014 yil 15 yanvar kuniga qadar majburan fohishalik bilan shug‘ullantirgan.

Bundan tashqari, Dilnoza viza stikerini rasmiylashtirmay, Prezidentning 2017 yil 16 avgust kungi “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish tartibini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risidagi”gi PF-5156 sonli farmoni 3-bandi talablariga rioya qilmasdan belgilangan chet elga chiqish tartibini takroran buzgan. Aniqrog‘i, Ukraina davlati orqali 2013 yil 3 dekabr kuni BAA davlatiga qonunga xilof ravishda borganligi aniqlanib, mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.

“AYBIMGA IQRORMAN...”

Sudlanuvchi Dilnoza sudda aybiga qisman iqror bo‘lgan...

— Haqiqatdan ham 2013 yilning sentyabrida Farg‘ona viloyatida Lazokat bilan tanishib qolganman. U turmushidan ajrashganini va sharoiti og‘irligini, biror yaxshiroq ish bo‘lsa ishlashini ma’lum qilgan. Unga Dubayda tanishim Xulkaroy fohishalik bilan shug‘ullanishini, u ham uning oldiga borgan holda fohishalik qilib yaxshi pul topishi mumkinligini taklif qilganman. Bundan tashqari, unga o‘zim ham Xulkaroyning oldiga ishlash uchun bormoqchiligimni, biroq fuqarolik pasportimni almashtirish uchun berganim sababli birga bora olmasligimni tushuntirganman. Bola parvarishlash bilan shug‘ullanishi haqida aytmaganman. 2013 yil 6 oktyabr kuni Lazokatdan Dubayga ishga borish yoki bormasligini so‘raganimda, chipta sotib olish uchun puli yo‘qligini aytdi. Yo‘l xarajatlarini barchasini tanishim Xulkaroyning o‘zi qoplashini, Dubay shahriga borganidan so‘ng ishlab qaytarishini aytdim. Shundan so‘ng Lazokat rozi bo‘ldi va fuqarolik pasportini BAA davlatiga kirish uchun “viza”ni rasmiylashtirish maqsadida berdi. Xulkaroyga Lazokatning pasport nusxasini faks orqali yubordim. Oradan biroz vaqt o‘tganidan so‘ng Lazokatning nomiga BAA davlati Dubay shahriga borish uchun viza chiqdi. Bu haqda Lazokatga ma’lum qildim.

Oilaviy sharoitim og‘irligi sababli pul topish maqsadida viza stikerini rasmiylashtirmay, 2013 yil dekabrda Ukrainaning Kiyev shahri orqali BAA davlatining Dubay shahriga borganman. Lazokat Xulkaroyni kutib olgan va u bilan 2014 yilning iyuniga qadar fohishalik bilan shug‘ullangan. 2014 yil iyunda BAA davlatidan Turkiyaning Istanbul shahriga bordim. U yerda 2014 yildan 2020 yilga qadar qadoqlovchi bo‘lib ishladim. 2020 yilning yanvarida Toshkentga uchib keldim. Chegara nazorati xodimlari fuqarolik pasportimni tekshirib ko‘rib, stiker ruxsatnomasini olmasdan Ukraina davlati orqali BAA davlati noqonuniy borganimni va qidiruvda ekanimni aytishdi. Nima sababdan Lazokat mening ustimdan ariza yozganini va unga qarshi ko‘rsatmalar berayotganini izohlab bera olmayman. Menga 400 AQSh dollarini Xulkaroy yordam tariqasida yuborgan. Bu pulni Lazokatni topib berganim uchun olmaganman. Hozirda qilgan ishimdan chin ko‘ngildan pushaymonman. Aybimga iqrorman...

“BAA DAVLATIGA DILNOZANING GAPLARIGA ISHONGANIM UCHUN BORGANMAN”

Jabrlanuvchi Lazokatxon sudda quyidagilarni bayon qilgan...

— Haqiqatdan ham 2013 yilning sentyabrida Farg‘ona viloyati Quva shahrida Dilnoza bilan tanishib qolganman. U bilan telefon orqali muloqot qilib turganman. U menga BAA davlatida ishlab kelib, ikki xonali uy olganini aytgan. “Agar xohlasangiz sizni ham Dubay shahridagi tanishlarimning oldiga ishlash uchun yuborishda yordam berishim mumkin”, degan. Bundan tashqari, Dilnoza Dubayda Xulkaroy ismli tanishi borligi, u barcha yo‘l xarajatlarini qoplagan holda Dubayga olib borishini va u yerda mahalliy aholining bolalariga qarash bilan shug‘ullanishimni aytgan. Dilnoza bilan birga BAA davlatiga borishga rozi bo‘lganman. So‘ng u BAA davlatiga borish uchun chipta hamda mazkur davlatga kirish uchun viza rasmiylashtirish uchun fuqarolik pasportini olgan. Oradan biroz vaqt o‘tganidan so‘ng Dilnoza bilan internet orqali BAA davlatida tanishlari bilan gaplashganman. Ular meni ko‘rib, bir qancha ma’lumot so‘rashgan. Keyingi kun Dilnoza mening oldimga keldi va fuqarolik pasportimni berib, tanishlari menga qo‘ng‘iroq qilishini aytdi. Keyin Xulkaroy bilan gaplashdim va uning ko‘rsatmasiga asosan Qirg‘iziston orqali 2013 yil 12 oktyabr kuni BAA davlatiga bordim. U yerda meni Xulkaroy kutib oldi va meni Ozarbayjon millatiga mansub ayolga tashlab ketdi. U ayol menga qilgan xarajatlarini chiqarib olish uchun fuqarolik pasportimni olib qo‘ydi va 2014 yilning yanvariga qadar majburan fohishalik bilan shug‘ullantirdi. U ayolga fohishalik qilib, 8000 AQSh dollar pul ishlab berganman. Dilnoza meni topib bergani va Dubayga yuborgani uchun unga 400 AQSh dollari jo‘natganini ma’lum qildi. Dubayga viza rasmiylashtirish uchun pasportimni bergan vaqtimda bankdan 400 AQSh dollari miqdorida pul olganini ko‘rganman. Dilnoza pulni yigiti yuborganini aytib aldagan. BAA davlatiga Dilnozaning gaplariga ishonganim uchun borganman.

G‘afur Amonov, Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi:

Sudlanuvchi JK 135-moddasi 2-qismining “e” “z” “i” bandlari, 223-moddasi 2-qismining “b”, “v” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi. JKning 59-moddasi tartibda tayinlangan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan uzil-kesil 5 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

JKning 62-moddasi talablariga asosan sudlanuvchining 15 kun dastlabki qamoqda saqlangan har bir kunini ozodlikdan mahrum qilish jazosining bir kuniga tenglashtirib hisoblab, tayinlangan jazodan 15 kunni chegirib, 5 yil 15 kun ozodikdan mahrum qilish jazosi qoldirildi.

JKning 72-moddasiga asosan tayinlangan jazo shartli hisoblanib, sudlanuvchiga 1 yil sinov muddati belgilandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Yevropa klubida davom ettirishga yaqin

Абдуғани Камолов Қирғизистоннинг “Бишкек Сити” клубини тарк этиб, Косово чемпионати вакили билан шартнома имзолаши кутилмоқда. Бу ҳақда Asia-Sport.uz телеграм канали хабар берди.

Slot bilan mojaro yakunlanganidan keyingi dastlabki o‘yindayoq Saloh APL rekordini o‘rnatdi

"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

Bekobodda piyodani urib yuborib kanalga tashlagan IIB xodimiga xotini ham yordam bergan

Бекобод шаҳар ИИБ катта тезкор вакили мast ҳолда Nexia’да пиёдани уриб кетиб, жабрланувчига ёрдам кўрсатмаган.

To‘satdan kartangizdan pul yechilsa, hayron bo‘lmang!

ATTO компанияси хабар беришича, 3–4 декабрь кунлари амалга оширилган йўл ҳақи учун кечиктирилган тўловлар тизим томонидан ечиб олина бошлайди. ​Сабаби техник носозликлар бўлиб, баъзи тўловлар аввалроқ ечилмай қолган. ​Қўрқманг! Бу хатолик эмас, фақат ўша кунларда сарфлаган ҳақиқий суммагина ечилади.

Finlandiya tashvishda: "Agar Ukraina bo‘yicha tinchlik kelishuviga erishilsa..."

Финландия бош вазири Петтери Орпо мамлакат иқтисодиёти жуда ёмон аҳволда эканини, бунинг асосий сабаби Россия томонидан келаётган таҳдидлар билан боғлиқлигини айтди.

Ishonch yoki yuqotish: Donbassning taqdiri nima bo‘ladi?

Сўровномада қатнашганларнинг фақат 9 фоизи Россиянинг босқини 2026 йил бошигача тугайди деб ўйлайди.

Putin ayrim shaxslarning mablag‘larini cheklash to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Ular kimlar?

Ҳукумат Марказий банк билан келишилган ҳолда, оила аъзоларининг ҳар бири учун ойига 10 минг рубль миқдорида лимит белгилаган.

Namanganda 23 nafar bolaga noqonuniy diniy ta’lim bergan erkak ushlandi

У диний билимларни ижтимоий тармоқлардаги номаълум манбалардан мустақил ўрганган бўлиб, расмий диний маълумотга эга бўлмаган.

«Qirg‘iziston aeroportlari» beshta xizmatdan chiqqan samolyotni auksionga qo‘ydi

Айни пайтда ушбу самолётлар «Манас» халқаро аэропорти ҳудудида жойлашган.

Kuchli yomg‘ir G‘azodagi “Al-Shifo” shifoxonasi va ko‘chirilganlar chodirlarini suv ostida qoldirdi

Табиий офат натижасида юзлаб чодирлар вайрон бўлган.

Zelenskiy Berlindagi muzokaralardan so‘ng “tinchlik rejasi” bo‘yicha keyingi qadamlarni ochiqladi

Бу учрашув келаси ҳафтанинг охирига қадар бўлиши мумкин.

Ukraina aholisining ko‘pchiligi Donbassni Rossiyaga berishni istamaydi hamda Zelenskiyga ishonadi — Kiyev xalqaro sosiologiya instituti

Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.

AQShlik mashhur rejissyor Rob Rayner va uning rafiqasi uyida o‘lik holda topildi

АҚШлик машҳур кинорежиссёр Роб Райнер ва унинг турмуш ўртоғи Мишель Райнер Лос-Анжелесдаги ўз уйида ўлик ҳолда топилди.

Germaniya TIV rahbari Rossiyani «NATOga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘rishda» aybladi

Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.

Kolumbiyada maktab avtobusi halokatga uchradi

Губернаторнинг сўзларига кўра, ўқувчилар якшанба куни кечқурун пляжда битирув маросимини нишонлаган.

Bekobodda IIB xodimi mashinada odam o‘ldirib qo‘yib, Sirdaryoga oqizib yuborgani aytilmoqda

Бекобод туманида ИИБ Жиноят қидируви бўлими ходими Nexia-3 автомашинасида 43 ёшли пиёдани уриб юбориб, унинг ўлимига сабаб бўлган.

Tramp Vashingtonda g‘alaba arkasi qurilishini e’lon qildi — CNN

АҚШ президентининг айтишича, арка Париждагига ўхшаш кўринишда, лекин ўлчамлари “бошқа аркаларни соясида қолдирадиган” даражада улкан бўлади.

Marokashdagi kuchli suv toshqinlari 37 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

14-декабр куни Марокашнинг Сафӣ шаҳрида кучли ёмғирлар оқибатида сув тошқинлари юз берди.

Avstraliya hukumatlari qurol to‘g‘risidagi qonunlarni kuchaytirishni rejalashtirmoqda

Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.

Los-Anjelesda Rob Rayner uyida ikki kishi o‘lik holda topildi

Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.

Rossiya Belgiyaning Euroclear kompaniyasidan muzlatilgan aktivlar uchun qariyb 230 milliard dollar talab qilmoqda

Бу ҳақда ТАСС агентлиги хабар берди, деб ёзади «Европача правда».

Sidneydagi terrorchining qo‘lidan avtomatni tortib olgan erkakning ahvoli qanday?

Бироқ шундан сўнг террорчи кўприк томонга қочиб, бошқа қуролдан яна ўқ узишни давом эттирган.

Sidneydagi otishmada ravvin halok bo‘ldi

Полиция ҳужумнинг учинчи эҳтимолий иштирокчисини ҳибсга олди

G‘allaorol va Zafarobodda kelinlik sarpolari MIB tomonidan olib berildi

Аёллар ўзларига тегишли бўлган сарполарни собиқ турмуш ўртоқларининг уйларидан олиб кетишга уринганларида қаршиликка учраганлар.

Sidneydagi otishmani uyushtirganlardan biri pokistonlik muhojirmi?

Исроил ташқи ишлар вазири Гидеон Саар Сиднейдаги теракт сабаб чуқур қайғуда эканини билдирди

Sudanda armiyani qo‘llab ommaviy namoyishlar o‘tkazildi

Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.

BMTdagi Falastinaning doimiy vakili: Isroil etnik tozalash va hujumlarni kuchaytirishni davom ettirmoqda

Исроил фаластин халқига нисбатан «ҳужумларнинг кучайиши»ни давом эттирмоқда. Бу жараёнга ишғол қилинган Ғарбий соҳил ҳамда Ғазо секторида ерларни босиб олиш, шунингдек «этник тозалаш» сиёсати ҳам киради.