DTM — Bitiruv va OTMga kirish imtihoni birlashtiriladi

DTM — Bitiruv va OTMga kirish imtihoni birlashtiriladi

O‘zbekistonda bitiruvchilarning yakuniy imtihonlari Davlat test markazi tomonidan amalga oshiriladi. Bu haqda AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Davlat test markazi axborot xizmati rahbari Orziqul Boboyev ma’lum qildi.

«Keyingi yillarda bitiruvchilarga davlat tomonidan oliy ta’lim olish bo‘yicha katta imkoniyatlar, shart-sharoitlar yaratilmoqda. Shulardan biri sifatida bitiruvchilarning ortiqcha ovora bo‘lmasliklari, faqat bir marta imtihon topshirish bilan OTMga kirish imkoniyatini yaratish nazarda tutilmoqda», — deydi Boboyev.

Ta’kidlanishicha, maktab, akademik liseylar bitiruvchilarining yakuniy davlat imtihonlarini kirish test sinovlariga tenglashtirish, ya’ni unifikasiya qilish to‘g‘risida qaror loyihasi ishlab chiqilgan va tegishli davlat organlariga taqdim etilgan. Lekin oldingi yillarda bitirgan abituriyentlar uchun kirish test sinovlari alohida o‘tkaziladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!