Diyor Imomxo‘jayev: Barcha uchrashuvlar uchun chiptalarni oldindan onlayn sotuvga chiqarish kerak edi

Diyor Imomxo‘jayev: Barcha uchrashuvlar uchun chiptalarni oldindan onlayn sotuvga chiqarish kerak edi

Katta musobaqalarda O‘zbekiston tajriba to‘playapti. Menimcha, navbatdagi shunday musobaqada finalgacha bo‘lgan barcha uchrashuvlar uchun chiptalarni oldindan onlayn sotuvga chiqarish kerak. Shunda, aytaylik, finalni ko‘rmoqchi bo‘lgan haqiqiy muxlisda unga kirish imkoniyati ko‘proq bo‘ladi. Faqatgina O‘zbekiston chiqsagina finalga boraman degan kishilarda nisbatan kamroq bo‘ladi.

Guruh bosqichi o‘yinlari qaysi stadionda va kimlar ishtirokida o‘tishi oldindan aniq. Qolgan bosqichlarda stadionlar va vaqtlar aniq bo‘ladi, ammo juftliklar keyinroq kelib chiqadi. Muxlislar O‘zbekiston termasining imkoniyati va o‘yinlariga qarab chorak final, yarim final, final chiptasini harid qilishi mumkin. Bu hozirgidek holatga nisbatan yaxshiroq yechim bo‘lishi mumkin.

Fakt shuki, bunday masshtabdagi o‘yinlarda maksimum 28 ming chipta sotuvga chiqadi. Talab esa milliondan yuqori. Narx ham shundan kelib chiqib belgilanadi. Biz katta musobaqalar mezbonligi orqali pand yeb, tajriba to‘plab, rejalashtirib boramiz. Hozirgi holatda O‘FA vakillariga ham, futbol muxlislariga ham sabr tilaymiz.

Diyor Imomxo‘jayev


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!