Diqqat! DAVLAT TEST MARKAZI QO‘SHIMCHA TEST O‘TKAZISh SANASINI MA’LUM QILDI

Diqqat! DAVLAT TEST MARKAZI QO‘SHIMCHA TEST O‘TKAZISh SANASINI MA’LUM QILDI

Davlat komissiyasining 2020-yil 13-sentyabrdagi 4-son bayonida joriy yil 2-13-sentyabr kunlari o‘tkazilgan test sinovlarida hududga kirishda tana harorati 37⁰ C dan yuqori bo‘lgan hamda test sinovi o‘tkaziladigan kunda koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan abituriyentlar uchun test sinovlarini 2020-yil 17-sentyabr kuni tashkil etish belgilangan.

❗️Mazkur abituriyentlar uchun test sinovlari 2020-yil 17-sentyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 8:00 dan 11:00 ga qadar, Toshkent shahrida Yunusobod tumanidagi Botanika bog‘ida 15:00 dan 18:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

☝️Abituriyentlardan test sinovlariga kechikmasdan, belgilangan vaqtda kamida 1 soat oldin, shaxsiy pasporti va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelish so‘raladi.


 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!